USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

AQŞdagi zavodda kuçli portlaş sodir böldi

169 марта

AQŞdagi zavodda kuçli portlaş sodir böldi

AQŞning Vaşington ştatidagi qoğoz zavodida kimyoviy rezervuar portlab ketdi. Oqibatda bir kişi halok böldi, yana töqqiz nafar xodim bedarak yöqolgan deb hisoblanmoqda. Bu haqda CBS News xabar berdi.

Qayd etilişiça, yirik favqulodda hodisa Vaşington va Oregon ştatlari çegarasida joylaşgan Longvyu şahridagi Nippon Dynawave Packaging Co. qoğoz fabrikasida yuz bergan. Korxonada qoğoz işlab çiqarişda qöllaniladigan kimyoviy modda töldirilgan rezervuar portlagan.

Mahalliy hokimiyat organlarining malumotlariga köra, hodisa oqibatida kamida bir kişi halok bölgan. Yana töqqiz nafar işçi bedarak yöqolganlar röyxatida turibdi. Ularning oilalari bölib ötgan voqea haqida xabardor qilingan.


Şuningdek, zavodning sakkiz nafar xodimi va bir nafar öt öçiruvçi jarohatlangan. Ayrimlar kuyiş va nafas oliş yöllarining şikastlanişi taşxisi bilan şifoxonaga yotqizilgan. Jabrlanganlarning ahvoli yengildan to öta oğir darajagaça deb baholanmoqda.
PeaceHealth St. John Medical Center şifoxonasidan malum qilişlariça, avariyadan söng töqqiz kişi qabul qilingan. Keyinçalik tört nafar bemor Portlenddagi kuyiş markaziga ötkazilgan.

Yonğin xavfsizligi xizmati malumotlariga köra, korxonada qoğoz sanoatida qöllaniladigan, natriy gidroksidi va natriy sulfidi asosidagi kimyoviy eritma — “oq işqor” bölgan rezervuar vayron bölgan.
Dastlab taxminan 80 ming gallon hajmdagi rezervuar 60 foizga töla bölgani xabar qilingan. Keyinçalik rasmiylar siğimda taxminan 900 ming gallon modda bölganiga aniqlik kiritgan. Avariyadan söng şikastlangan rezervuar içida taxminan 90 ming gallon kimyoviy modda qolgan bölişi mumkin.
Qutqaruvçilarning takidlaşiça, konstruktsiya hali ham barqaror emas va favqulodda xizmatlar uçun xavf tuğdirmoqda. Hodisa sabablari hozirça aniqlanmagan.
“Hozirgi vaqtda biz bor etiborimizni odamlarni qutqariş va vaziyatni barqarorlaştirişga qaratganmiz”, deydi Koulits okrugi yonğin-qutqaruv xizmati rahbari Skott Goldsteyn.
Vaşington ştati gubernatori Bob Fergyuson ham yuz bergan voqeaga munosabat bildirgan.
“Vaşington ştati aholisi nomidan barça jabrlanganlarga aytmoqçiman: biz siz bilan birgamiz. Yordam beriş uçun qölimizdan kelgan barça işni qilamiz”, deydi u.
Voqea joyiga 40 ga yaqin öt öçiruvçi va şifokorlar, şuningdek, xavfli moddalar bilan işlaş böyiça mintaqaviy guruh safarbar etilgan. Korxonada jami 1000 ga yaqin kişi mehnat qiladi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: