USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Endi birinçi marta qoida buzgan tadbirkorlar keçiriladi

89 марта
Энди биринчи марта қоида бузган тадбиркорлар кечирилади

2027 yil 1 yanvardan boşlab tadbirkorlarga moliyaviy jarima qöllaşda “Birinçi xato uçun – ogohlantiriş” qoidasi joriy etiladi. Bu haqda joriy yilning 27 avgustidagi “Özbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan VI oçiq muloqotida belgilangan vazifalarni amalga oşiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi PF–175-sonli Prezident farmonida belgilangan.

Farmonga köra, 2028 yil 31 dekabrga qadar huquqiy eksperiment sifatida örta va yirik tadbirkorlar tomonidan öz faoliyatini auditorlik taşkilotini jalb qilgan holda soliq va yiğimlarni töğri hisoblaş va tölaş böyiça taşabbus tarzidagi auditdan ötkaziş hamda auditorlik xulosasini soliq organi tomonidan tan oliş mexanizmi joriy etiladi.

Bunda:

  • audit ötkazilgan davr uçun soliq organlari tomonidan soliq auditi ötkazilmaydi;
  • aniqlangan xato va kamçiliklar 30 kun muddatda bartaraf etilganda tadbirkorlik subektiga nisbatan moliyaviy jarimalar qöllanmaydi;
  • mazkur eksperiment doirasida audit ötkazişi mumkin bölgan taşkilotlar reyestri Soliq qömitasi tomonidan yuritiladi va rasmiy veb-saytida elon qilib boriladi;
  • auditorlik xulosasini tan oliş oqibatida tölanmay qolgan soliq va yiğimlar aniqlangan holatlar böyiça auditorlik taşkiloti javobgar böladi.

Şuningdek, tadbirkorlik subektlari faoliyatida 1 yil davomida ötkaziladigan har qanday takroriy tekşiruv faqat Biznes-ombudsman ruxsati bilan amalga oşiriladi. Kameral soliq tekşiruvi esa bundan mustasno.

Bundan taşqari, tadbirkorlik subektlariga moliyaviy jarimalar qöllaşda “Birinçi xato uçun – ogohlantiriş” qoidasi joriy etiladi.

Unga köra, birinçi marta qoida buzgan, biroq fuqarolar hayoti va soğliği, özgalarning mulkiga zarar yetkazmagan tadbirkorlarga jarima qöllanmaydi. Ularga dastlab kamçilikni bartaraf etiş uçun 10 kun muddat beriladi.

Eslatib ötamiz, avvalroq Özbekistonda kiçik tadbirkorlik subektlarini har qanday tekşirişga 3 yil muddatga moratoriy joriy etilişi va joriy yil 31 dekabrgaça kiçik va örta tadbirkorlik subektlari uçun “Ikkinçi imkon” iqtisodiy amnistiyasi elon qilingani haqida xabar berilgan edi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: