Tadbirkorlarga iqtisodiy amnistiya elon qilindi
Özbekistonda joriy yil 31 dekabrgaça kiçik va örta tadbirkorlik subektlari uçun “Ikkinçi imkon” iqtisodiy amnistiyasi elon qilinadi. Bu haqda Prezident keça, 27 avgust kuni qabul qilgan “Özbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan VI oçiq muloqotida belgilangan vazifalarni amalga oşiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi farmonda söz boradi.
Farmon quyidagilarni nazarda tutadi:
- iqtisodiy amnistiya elon qilingunga qadar yuzaga kelgan soliq qarzi (bundan penya mustasno) 2026 yil 31 dekabrga qadar töliq tölanganda, uşbu qarzdorlik böyiça hisoblangan penya hisobdan çiqariladi va ular bilan boğliq ijro işlari tugatiladi;
- avval taqdim etilgan soliq hisobotlariga soliq tölovçi tomonidan mustaqil ravişda tuzatiş kiritilib, qöşimça hisoblangan soliq summasi 2026 yil 31 dekabrga qadar töliq tölanganda uşbu summaga nisbatan penya hisoblanmaydi;
- tadbirkorlik subektlari soliqlar va yiğimlarni tölaş uçun tölov topşiriqnomasini bankka taqdim etmaganlik uçun mamuriy javobgarlikdan ozod qilinadi;
- iqtisodiy amnistiya doirasida yöl qöyilgan xatolarni mustaqil ravişda bartaraf etganlarning Tadbirkorlik subektlarining barqarorlik reytingidagi ballari tuşirilmaydi;
- 2026 yil 1 yanvarga qadar şakllangan quyidagi qarzdorliklar hisobdan çiqariladi:
- soliq hisobotini öz vaqtida taqdim etmaganlik uçun qöllangan mamuriy jarimaning tölanmagan qismi;
- qatiy belgilangan miqdordagi aylanmadan olinadigan soliqni tölovçi subektlarga qöllangan moliyaviy jarimalarning tölanmagan qismi;
- avval rasmiylaştirilgan mehnat şartnomalari Yagona milliy mehnat tizimiga kiritilişiga ruxsat beriladi hamda keçiktirib kiritilganligi sababli jarima qöllanmaydi.
Eslatib ötamiz, avvalroq Özbekistonda kiçik tadbirkorlik subektlarini har qanday tekşirişga 3 yil muddatga moratoriy joriy etilişi haqida xabar berilgandi.