USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼ USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

«Eng yaxşi soliq tölovçi mahalla» nominatsiyasi joriy etiladi

119 марта

«Eng yaxşi soliq tölovçi mahalla» nominatsiyasi joriy etiladi

«Soliqlarning yiğiluvçanlik darajasini oşiriş va faol soliq tölovçilarni rağbatlantiriş çora-tadbirlari töğrisida»gi Prezident qarori qabul qilindi.
Qarorga köra, 2026 yil 1 yanvardan «Eng yaxşi soliq tölovçi mahalla» nominatsiyasi joriy etiladi.
Ğoliblar quyidagi mezonlar böyiça aniqlanadi:
  • har 1 000 nafar aholiga töğri keladigan kiçik biznes subektlari soni;
  • har 1 000 nafar aholiga töğri keladigan kiçik biznes subektlari tomonidan tölangan soliqlar miqdori;
  • har 1 000 nafar aholiga töğri keladigan jismoniy şaxslardan olinadigan daromad soliği tölovçilar soni;
  • har 1 000 nafar aholiga töğri keladigan özini özi band qilgan fuqarolar soni va ular tomonidan tölangan soliqlar miqdori;
  • mahalla fuqarolari tomonidan mol-mulk va yer soliqlarining tölanganlik darajasi.
«Eng yaxşi soliq tölovçi mahalla» nominatsiyasi ğoliblari uçun quyidagi rağbatlantiriş çoralari joriy etiladi:
  • taşabbusli byudjet doirasida ketma-ket 2 marotaba ğolib deb topilgan mahallalar uçun navbatdagi 2 ta mavsum doirasida loyiha kiritiş imkoniyatini çeklaş qoidasi qöllanmaydi;
  • loyihalarni şeriklik asosida moliyalaştirişda uşbu mahallalar aholisi tomonidan loyiha qiymatining 25 foizi moliyalaştirilgan taqdirda, loyiha ğolib deb topiladi hamda qolgan 75 foizi Davlat byudjetidan moliyalaştiriladi;
  • belgilangan mezonlar asosida har yili birinçi 100 talikka kirgan eng yaxşi soliq tölovçi mahallalarning har biriga Davlat byudjetidan 2 mlrd söm miqdorida mablağ tegişliça Mahallaning ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini hal etiş jamğarmasiga ajratiladi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: