Kunlik iş haqi tölaş tartibi joriy etiladi
15-08-2025, 20:31
220 марта

Kunlik iş haqi tölaş tartibi joriy etiladi
Prezident qarori bilan, mamlakatda iş beruvçilarga xodimlar mehnati uçun kunlik tölov yölga qöyiladi. Jumladan, ayrim talablarga javob beradigan xodimlar mehnati uçun kunlik tölov mexanizmi tajriba tariqasida joriy etiladi.Keltirilişiça, iş haqini kunlik olişi mumkin bölgan xodim bilan elektron mehnat şartnomasi tuzilgan bölişi kerak. Xodimdan raqamli platformalarda elektron hamyonga egaligi ham talab etiladi. Şu bilan birga, soliqlar va yiğimlarni hisoblab çiqariş va tölaşni öz içiga olgan soliq intizomiga qatiy rioya qilinişi kerak.
Şuningdek, qaror bilan 2025 yil 1 noyabrdan raqamli platformalar orqali şaxslarni biometrik vositalar yordamida identifikatsiya qiliş, SMS orqali xabar yuboriş va davlat röyxatidan ötkaziş imkoniyati yaratiladi.
Şartnomalar, elektron hisob-fakturalar va boşqa hujjatlar raqamli platformalarda imzolanişi mumkin; bu hujjatlar qoğoz hujjatlar bilan teng huquqqa ega böladi.
2026 yil 1 yanvardan ayrim soliq tartiblari bekor qilinadi. Jumladan, yakka tartibdagi tadbirkorlar va özini özi band qilgan şaxslardan daromad soliği, tovarlarni realizatsiyadan olinadigan soliq bazi holatlarda bekor qilinadi yoki soddalaştiriladi.
Yillik aylanmasi 1 milliard sömgaça bölgan yakka tartibdagi tadbirkorlar va özini özi band qilganlar uçun soliq stavkasi 1% qilib belgilanadi.