1 iyuldan pasport va boşqa hujjatlarning elektron şakli rasman tan olinadi
27-06-2025, 11:14
478 марта

1 iyuldan pasport va boşqa hujjatlarning elektron şakli rasman tan olinadi
2025 yil 1 iyuldan boşlab şaxsni tasdiqlovçi va boşqa hujjatlarning elektron şakli rasman tan olina boşlanadi. Bu hukumatning «Aholini ijtimoiy qöllab-quvvatlaşda «ijtimoiy karta» tizimini joriy etiş çora-tadbirlari töğrisida»gi qarorida nazarda tutilgan.Hujjatga muvofiq, «Raqamli hukumat» tizimi idoralararo integratsiyalaşuv platformasi doirasida şaxsiy hujjatlarning unifikatsiyalangan raqamli servislari joriy etiladi.
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalining aniqlik kiritişiça, endilikda my.gov.uz dagi şaxsni tasdiqlovçi, haydovçilik guvohnomasi va boşqa hujjatlarning raqamli (elektron) şakllari rasman tan olinadi.
Bunda my.gov.uz da uşbu raqamli servislardan foydalaniş imkoniyati yaratiladi va ular Özbekiston hududida majburiy tartibda qabul qilinadi. Röyxatga quyidagi hujjatlar kiritilgan:
Özbekiston fuqarosining biometrik pasporti;
Özbekiston fuqarosining identifikatsiyalovçi ID-kartasi;
Haydovçilik guvohnomasi;
Tuğilganlik haqida guvohnoma;
Nikoh qayd etilganligi haqida guvohnoma;
Nikohdan ajralganlik haqida guvohnoma;
Transport vositasining röyxatdan ötkazilganligi töğrisida guvohnoma (texnik pasport, texnik talon);
Pensiya (nafaqa) guvohnomasi;
Fuqaroligi bölmagan şaxsning yaşaş guvohnomasi (ID-kartasi);
Nogironlik töğrisida malumotnoma;
Transport vositasining majburiy suğurta (fuqarolik javobgarligi) böyiça suğurta polisi;
Oliy, örta maxsus, kasb-hunar va professional talim olganlik töğrisida davlat namunasidagi rasmiy hujjat;
Talabalik guvohnomasi;
Yakka tartibdagi tadbirkorning davlat röyxatidan ötkazilganligi töğrisida guvohnoma;
Özini özi band qilgan şaxs sifatida röyxatdan ötganligi töğrisida malumotnoma;
Turar joy obektlarining kadastr pasporti;
Jismoniy şaxsning şaxsiy avtomototransport vositasini boşqa şaxslarga boşqariş huquqini beruvçi işonçnoma.
Uşbu hujjatlarning qoğoz nusxalari banklarda, notarial idoralarda, aeroportlarda içki reyslarni röyxatdan ötkazişda va Özbekiston hududidan ötuvçi poyezdlarga çiqişda, davlat, korporativ va boşqa xizmatlarni körsatiş, şu jumladan, elektron xizmat körsatiş hamda fuqarolarni qabul qilişda tegişli hujjatlarni taqdim etişni talab qiladigan davlat organlari va boşqa taşkilotlarda talab etilmaydi, yani portaldagi elektron şakllari ham tan olinadi.