Endi xorijdan deportatsiya qilingan şaxslarga “zagaran” pasport berilmaydi
13-05-2025, 17:26
412 марта

Endilikda Özbekiston Respublikasining xalqaro şartnomalariga muvofiq readmissiya (öz ixtiyori bilan yoki majburiy ravişda Özbekistonga qaytarilgan fuqarolar) qilingan fuqarolarga 2 yil davomida xorijga çiqiş biometrik pasportini beriş böyiça davlat xizmati körsatilmaydi. Bu haqda bugun, 13 may kuni qabul qilingan “Mehnat migratsiyasi jarayonlarini takomillaştiriş böyiça qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi hukumat qarorida söz boradi.
Qarorga muvofiq, joriy yil 1 sentyabrdan boşlab Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligi tomonidan xorijiy davlatning qonunçilik hujjatlarini buzişi oqibatida deportatsiya qilingan, şuningdek, Özbekistonning xalqaro nufuziga va obrö-etiboriga salbiy tasir körsatuvçi xatti-harakatlarni sodir etgan fuqarolarga doir malumotlar Migratsiya jarayonlariga doir malumotlarning yagona elektron bazasi orqali yuritiladi.
Yagona malumotlar bazasiga elektron reyestr sifatida quyidagilar kiritiladi:
- Özbekiston Taşqi işlar vazirligi tomonidan xorijdagi diplomatik vakolatxonalar va konsullik muassasalaridan olingan malumotlar;
- Özbekiston Içki işlar vazirligi tomonidan xalqaro şartnomalarga muvofiq readmissiya qilingan şaxslar haqidagi malumotlar;
- Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligi va uning xorijdagi vakolatxonalaridan (vakillaridan) olingan malumotlar.
Bunda readmissiya qilingan fuqarolarga çet elga çiqişi uçun biometrik pasporti rasmiylaştirib beriladigan istisno holatlar Özbekiston Içki işlar vazirligi tomonidan belgilanadi.
Malumot uçun, readmissiya qilingan şaxslar – Özbekiston va boşqa davlatlar örtasidagi xalqaro kelişuvlar asosida, öz ixtiyori bilan yoki majburiy ravişda Özbekistonga qaytarilgan fuqarolar. Yani, agar biror özbekistonlik fuqaro çet elda noqonuniy qolgan, vizasi tugagan, deportatsiya qilingan şaxs Özbekiston tomonidan qabul qilinadi – bu jarayon readmissiya deb ataladi.