Mehnat migratsiyasida bölgan fuqarolarga subsidiya va kreditlar ajratiş tartibi belgilandi
22-04-2025, 21:09
488 марта
Bu haqda Hukumat qarori qabul qilindi.
Qarorga köra, "Xorijga işga tayyorlaş markazi" taşkil etiladi va unda "Yagona darça" tamoyili asosida mehnat migratsiyasiga doir xizmatlar körsatiladi.
Qaror bilan “Xorijda mehnat faoliyatini amalga oşiriş uçun ketayotgan hamda mehnat migratsiyasida bölgan fuqarolarga subsidiya, kompensatsiya va kreditlar ajratiş tartibi töğrisida” gi Nizom tasdiqlandi.
Nizomga köra, subsidiya va kompensatsiyalar "Xorijda iş" mehnat migratsiyasi elektron dasturiy majmuasida röyxatdan ötgan va taşkillaştirilgan holda mehnat migratsiyasiga ketayotgan fuqarolarga quyidagi xarajatlarni qoplaş böyiça ajratiladi, jumladan:
- çet tillari va (yoki) kasb böyiça malaka imtihonlarini topşiriş xarajatlarini qoplaş uçun, ular muvaffaqiyatli topşirilganda va sertifikat olinganda – BHM ning 3 baravarigaça;
- xorijda mehnat faoliyatini amalga oşirişga "işçi viza"ni rasmiylaştiriş xarajatlarini qoplaş uçun - BHMning 5 baravarigaça;
- yöl çiptasini xarid qiliş bilan boğliq xarajatlarni qoplaş uçun - BHMning 2 baravarigaça miqdorda;
- nemis, ingliz, yapon va koreys tillari böyiça kamida B1 yoki unga tenglaştirilgan darajadagi xalqaro sertifikat olgan bitiruvçilari eng köp bölgan 50 nafargaça öqituvçiga - 50 million söm miqdorida.