Özbekistonda haj va umra yagona portali işga tuşadi
22-04-2025, 18:05
181 марта

Özbekistonda haj va umra yagona portali işga tuşadi
Din işlari böyiça qömita va Raqamli texnologiyalar vazirligi 2025-yil 1-sentyabrgaça “Haj va umra yagona portali” hamda uning mobil ilovasini işlab çiqadi. Bu prezidentning “Fuqarolarning vijdon erkinligi huquqi kafolatlarini yanada mustahkamlaş hamda diniy-marifiy sohadagi islohotlarni yangi bosqiçga olib çiqiş çora-tadbirlari töğrisida”gi farmonida belgilandi.
Hujjatda qayd etilişiça, bu orqali fuqarolarning ibodatlar va diniy rasm-rusumlarni amalga oşirişi uçun qöşimça qulayliklar yaratiş, haj va umra ziyoratlariga borişi bilan boğliq xizmatlarni körsatiş jarayonida ortiqça byurokratik tartibotlarni bartaraf etiş maqsad qilingan.
Portal hajga boruvçi fuqarolarning yagona elektron navbati hamda umraga yuboriladigan ziyoratçilarning elektron röyxati şakllantiriladigan tizim hisoblanadi. Portalda haj va umra faoliyati töğrisidagi malumotlarni yiğiş va rasmiylaştiriş bilan boğliq jarayonlar raqamlaştiriladi.
Vazirlik va idoralar Din işlari böyiça qömita söroviga köra özining axborot tizimlari portalga integratsiya qilinişini taminlaydi. Qömita portal faoliyatini moliyalaştirişga, texnik jihatdan qöllab-quvvatlaşga, aloqador davlat va nodavlat taşkilotlar uçun foydalaniş imkoniyatini yaratişga masul davlat organi hisoblanadi.