Xorazmda investorlarga mehmonxona quriş uçun subsidiya ajratiladi
19-04-2025, 13:38
262 марта
Xorazm viloyatida yangi mehmonxona quriş va uni jihozlaş uçun investorlarga Özbekiston Respublikasining Davlat byudjetidan subsidiya ajratiladi. Bu haqda hukumatning qabul qilingan vaqtinçalik nizomida elon qilindi.Joriy yilning 1 yanvaridan 2026 yil 31 dekabrgaça, mehmonxona quriş va uni jihozlaş xarajatlarining bir qismi uçun davlat byudjetidan subsidiya ajratilib, toifasiz mehmonxonadagi har bir xona uçun 10 mln söm,
1 yulduzli toifaga ega mehmonxonadagi har bir xona uçun esa 15 mln söm va 2 yulduzli toifaga ega mehmonxonadagi bitta xona uçun 20 mln söm tölanadi.
Şuningdek, mehmonxona subsidiya ajratilgan davrdan boşlab 5 yildan kam bölmagan muddatda faoliyat yuritişi, toifali mehmonxona bölgan taqdirda, kamida 5 yil uşbu toifani saqlab qolişi va kamida ikki qavatdan iborat bölişi lozim.