Endi firibgarlar soxta raqamlardan qönğiroq qilolmaydi
6-05-2025, 07:40
207 марта
Endi firibgarlar tomonidan soxta raqamlar orqali fuqarolarga qönğiroq qiliş texnik çeklanadi. Bu haqda Prezident Şavkat Mirziyoyev tomonidan qabul qilingan “Axborot texnologiyalari yordamida sodir etiladigan jinoyatlarga qarşi kuraşiş faoliyatini yanada kuçaytirişga qaratilgan çora-tadbirlar töğrisida”gi qarorda söz boradi.Malum qilinişiça, qaror bilan kiberjinoyatlarning barvaqt oldini oliş hamda ularni foş etiş samaradorligini oşiriş böyiça amaldagi qonunçilik hujjatlarini takomillaştiriş va qator taşkiliy-texnik çoralarni köriş belgilangan.
Jumladan, kiberjinoyatlarga qarşi kuraşiş yönalişida yagona işlaş amaliyotini yölga qöyişni nazarda tutuvçi alohida qonun loyihasini işlab çiqiş hamda yuridik şaxslar tomonidan kiberxavfsizlik talablariga rioya etmaganlik uçun, şuningdek, axborot texnologiyalari sohasidagi barça jinoyatlar yuzasidan javobgarlikni kuçaytiriş böyiça qonunçilikka özgartirişlar kiritiş topşirilgan.
Banklar, tölov tizimi operatorlari, tölov taşkilotlari va boşqa taşkilotlarning axborot xavfsizligi va kiberxavfsizlik talablariga rioya etmaganligi natijasida yöl qöyilgan kiberjinoyat oqibatida kelib çiqqan moddiy zararni ular hisobidan undiriş tartibini joriy etiş belgilangan.
Şu bilan birga, bundan keyin kiberjinoyatni sodir etişda öz nomidagi bank kartasidan, bank hisobraqami, elektron hamyonidan va boşqa şaxsiga doir malumotldaridan (SIM kartasi, elektron akkaunti) foydalanişga yöl qöygan şaxslar uçun mamuriy va jinoiy javobgarlik çoralari örnatiladi.
Kiberjinoyatlarning oldini oliş yönalişida axborot tizimidagi zaifliklar va kamçiliklar oqibatida kiberjinoyat sodir etilişiga yöl qöygan banklar va tölov taşkilotlari röyxatini ommaga elon qiliş hamda aholi pul mablağlarini jalb qilişga qaratilgan onlayn firibgarlik sxemalari (“moliyaviy piramida”)ni barvaqt aniqlaş amaliyoti yölga qöyiladi.
Şuningdek, qaror bilan şaxslarning bank kartalaridagi pullarini talon-toroj qilinişini töxtatiş maqsadida banklar, tölov tizimi operatorlari va tölov taşkilotlariga zamonaviy antifrod va antivirus himoya tizimlarini joriy etiş hamda firibgarlar tomonidan soxta raqamlar orqali fuqarolarga qönğiroq qilişlarini texnik (imkonsiz qiliş) çeklaş kabi çoralar belgilangan.
Qarorga muvofiq kiberjinoyatlarni foş etiş yönalişida Markaziy bank, tölov tizimi va içki işlar organlari vakillaridan iborat tezkor harakatlaniş guruhi faoliyati yölga qöyiladi va mazkur guruh tomonidan şubhali pul ötkazma amaliyotlariga aloqador bank kartalarini tezkorlik bilan aniqlaş va bloklaş kabi çoralar körib boriladi.
Buning natijasida, kiberjinoyat orqali jinoyatçilar tomonidan özlaştirilgan pullarni respublika hududidan çiqib ketişini oldini oliş va jabrlanuvçiga qaytariş imkoniyati taminlanadi.
Şular qatorida, qaror bilan kiberjinoyatlarni tergov qiliş va foş etiş faoliyatining sifati va samaradorligi oşiriş maqsadida uşbu jarayonida qonunçilik ijrosi ustidan prokurorlik nazorati hamda ilmiy tadqiqot faoliyati yölga qöyiladi.
Qayd etilişiça, mazkur qarorda körsatilgan vazifalarning amalga oşirilişi masul davlat organlari, taşkilotlar, banklar, tölov tizimi operatorlari va tölov taşkilotlarining fuqarolarning kiberjinoyatlardan jabrlanib qolişining oldini oliş hamda ularning moliyaviy xavfsizligini mustahkamlaş böyiça masuliyatini oşişiga xizmat qiladi.