USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼ USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Özbekistonda elektron sigaretalar butunlay taqiqlanadi

208 марта

Özbekistonda elektron sigaretalar butunlay taqiqlanadi

Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati mamlakatda elektron sigaretalar butunlay taqiqlanişini maqulladi. Bugun, 30 aprel kuni Senatning oltinçi yalpi majlisida “Özbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga bazi turdagi tamaki mahsulotlarining, tamakini va nikotinni istemol qiliş moslamalarining muomalasiga doir talablarni yanada kuçaytirişga qaratilgan özgartirişlar va qöşimça kiritiş töğrisida”gi qonun muhokama qilindi va senatorlar tomonidan maqullandi.
Qayd etilişiça, Özbekistonda aholi örtasida, ayniqsa bolalar va yoşlar orasida soğlom turmuş tarzini şakllantiriş, şu jumladan tamaki mahsulotlari tarqatilişining va istemol qilinişining oldini oliş böyiça tizimli işlar olib borilmoqda. Şu bilan birga, sönggi yillarda tamaki mahsulotlarining yangi turlarini, xususan, nikotin yetkazib berişning elektron tizimlarini, şu jumladan elektron sigaretalarni qonunga xilof ravişda mamlakatga olib kiriş hamda muomalaga kiritiş hollari köpaymoqda.
Şu munosabat bilan, tamaki mahsulotlarining, nikotin yetkazib berişning elektron tizimlarining, şu jumladan elektron sigaretalarning va ular uçun suyuqliklarning muomalasini mamlakat hududida taqiqlaş, ularni qonunga xilof ravişda muomalaga kiritiş, şuningdek, tamakini qizdiriş tizimlarini qonunga xilof ravişda muomalaga kiritiş uçun javobgarlik belgilaş zarurati yuzaga kelmoqda.

Qonun bilan Jinoyat kodeksiga va Mamuriy javobgarlik töğrisidagi kodeksga muomalasi taqiqlangan tamaki mahsulotlarini, nikotin yetkazib berişning elektron tizimlarini, şu jumladan elektron sigaretalarni va ular uçun suyuqliklarni işlab çiqariş, tayyorlaş, oliş, saqlaş, taşiş yoki ötkaziş, şuningdek, olib kiriş va olib çiqiş uçun javobgarlik belgilanişini nazarda tutuvçi özgartirişlar kiritilmoqda.

Uşbu qonun nafaqat aybdor şaxslarni jazolaşga qaratilgani bilan, balki sodir etgan noqonuniy harakatlari töğrisida öz ixtiyori bilan hokimiyat organlariga arz qilgan va muomalasi taqiqlangan mahsulotlarni topşirgan şaxslarni javobgarlikdan ozod qilişni nazarda tutişi bilan ham ahamiyatli ekani qayd etildi.

Senatorlar tomonidan qonun aholining hayoti va soğliğini himoya qilişga, millat genofondini saqlaşga hamda atrof muhitni tamaki va nikotin mahsulotlarining yangi turlaridan muhofaza qilişga xizmat qilişi takidlandi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: