USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼ USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Özbekistonda biologik faol qöşimçalarni bojsiz olib kirişga çeklovlar joriy etiladi

225 марта

Özbekiston hukumati şaxsiy ehtiyoj uçun biologik faol qöşimçalarni (BADlar) olib kirişga çeklovlar kiritadi. Tamaki va parfyumeriya mahsulotlari uçun boj olinmaydigan çegara ham qayta körib çiqilmoqda.

2025 yil 20 iyuldan boşlab Özbekistonda jismoniy şaxslar tomonidan şaxsiy ehtiyoj uçun biologik faol qöşimçalarni (BADlar) bojsiz olib kiriş qoidalari joriy etiladi. 

Bu Vazirlar Mahkamasining 19 apreldagi qarorida nazarda tutilgan.

Avval xabar qilinganidek, mazkur hujjat 1 maydan boşlab Özbekistonda jismoniy şaxslar uçun tovarlarni bojsiz olib kiriş qoidalarini kuçaytiradi: aeroportlar orqali — 1000 dollargaça (hozir $2000), temiryöl orqali — 500 dollargaça ($1000). Kurerlik jönatmalari orqali yetkazib beriladigan tovarlar uçun stavka har çorakda 1000 dollardan oyiga 200 dollargaça qisqartiriladi. 

Bojsiz olib kiriş uçun xorijda bölişning minimal muddatlari ham joriy etilmoqda.

Hujjatga köra, endilikda jismoniy şaxslar oziq-ovqat qöşimçalarini quyidagi miqdorda bojxona tölovlarisiz olib kirişlari mumkin böladi (şu paytgaça heç qanday çeklovlar yöq edi):
        suyuq holatida va sirop şaklida — 10 donagaça flakonda;
        kukun holatida — 0,5 kilogrammgaça;
        tabletka — 100 donagaça;
        kapsula — 100 donagaça yoki 4 donagaça PET idişlarda;
        quritilgan holatda (ösimlik guli, tana qismi va ildizi) — 0,5 kilogrammgaça.
Bundan taşqari, qarorda boşqa bir qator tovarlarni bojsiz olib kiriş qoidalariga ham aniqlik kiritildi yoki özgartirildi.


Xususan, spirtli içimliklar uçun miqdor bir xil — 2 litrgaça bölib qoladi. Tamaki mahsulotlari uçun umumiy çegara 10 ta paket örniga quyidagi aniq normalar joriy etiladi:

        sigaretalar — 200 donagaça;
        sigaralar — 5 donagaça;
        tamaki — 100 grammgaça.

Atir va ifor tarqatuvçi suvlar esa endi har biri 300 ml gaça bölgan 3 dona idişni olib kirişga ruxsat beriladi (ilgari hajmini körsatmasdan 3 donagaça edi).

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: