Parrandaçilik mahsulotlari işlab çiqaruvçilar yer soliğidan ozod etilişi mumkin
30-04-2025, 07:00
131 марта

Senatning bugungi yalpi majlisida parrandaçilik sohasini rivojlantirişni nazarda tutuvçi qonun loyihasi muhokama qilindi.
Xususan, mazkur qonun bilan 2030 yil 1 yanvarga qadar parrandaçilik mahsulotlari işlab çiqaruvçi tadbirkorlik subektlari yuridik şaxslardan olinadigan yer soliğini (ekin maydonlaridan taşqari) tölaşdan ozod etiş belgilanmoqda.
Şu bilan birga pivo va pivo içimliklari bilan çakana savdo qiliş huquqi uçun yiğimni hamda tamaki mahsulotlari bilan çakana savdo qiliş huquqi uçun yiğimni hisoblaş va tölaş tartibi aniqlaştirilişini nazarda tutuvçi özgartirişlar kiritilmoqda. Bunda pivo va pivo içimliklari bilan çakana savdo qiliş vakolatli organlarni xabardor qiliş tartibida amalga oşiriladigan faoliyat turlari röyxatiga kiritilmoqda.
Muhokamadan söng Qonun senatorlar tomonidan maqullandi.