Özbekistonliklar uçun Saudiyaga elektron viza oliş imkoni töxtatildi
26-04-2025, 19:47
254 марта
Saudiya Arabistoni Özbekiston fuqarolari uçun elektron viza oliş imkonini yopib qöydi. Ayni damda “e.visa” saytida özbekistonliklar uçun Saudiya Arabistoniga viza oliş imkoniyati mavjud emas.Saudiya rasmiylari hozirça bu borada rasman izoh bermagan. Bazi bir manbalarga köra, bu Haj mavsumida Haram hududiga noqonuniy kirişlarning oldini oliş maqsadida amalga oşirilgan vaqtinçalik çora bölişi mumkin.
Özbekiston fuqarolari uçun onlayn sayyohlik vizasini oliş imkoni 2023 yil avgust oyida oçilgan edi.
Eslatib ötamiz, avvalroq BAAning Dubay şahrida özbekistonliklar örtasida yuzaga kelgan holat böyiça aniqlik kiritiş maqsadida Özbekiston diplomatlari Dubay jinoyat qidiruv boşqarmasi rahbariyati bilan uçraşuv ötkazgan edi. Uçraşuvda sönggi vaqtlarda Özbekiston fuqarolari tomonidan sodir etilayotgan qonunbuzarlik holatlari köpayayotgani ikki davlat örtasidagi vizasiz tartibga tasir körsatişi mumkinligi takidlangan edi.