Nogironligi bölgan şaxslarni işga qabul qilgan tadbirkorlarga 50 million sömgaça subsidiya ajratiladi
12-05-2025, 16:12
312 марта

“Nogironligi bölgan şaxslarning bandligini taminlaş tizimini takomillaştirişga oid qöşimça çora tadbirlar töğrisida”gi prezident farmoni qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligi axborot xizmati xabar berdi.
Xabarga köra, 2025 yil yakuniga qadar 80 ming nafar nogironligi bölgan şaxsning barqaror bandligi va munosib daromad topişini taminlanişi maqsad qilingan.
2025 yil 1 iyundan boşlab:
—I va II guruh nogironligi bölgan şaxslarni işga qabul qilgan tadbirkorlik subektlariga 50 million sömgaça subsidiya ajratiladi;
—subsidiya surdotarjimon, psixolog va hamrohlik xizmatini taşkil qiliş xarajatlarini qoplaş uçun ajratiladi;
—jismoniy şaxslarga hamrohlik xizmatini özini özi band qilgan şaxs sifatida körsatişga ruxsat beriladi.
Şuningdek, "Yagona milliy ijtimoiy himoya" axborot tizimida Mehnatga layoqatli nogironligi bölgan şaxslarning elektron reyestri yuritiladi.