Özbekistonda pasportsiz mehmonxonaga joylaşiş mumkin böladi
22-05-2025, 19:25
152 марта
Endilikda Özbekistonda Milliy turizm yagona platformasi orqali mehmonxonada joy band qilayotganda şaxsni tasdiqlovçi hujjatni körsatmasdan, MyID tizimi orqali identifikatsiyadan ötiş mumkin böladi. Bu haqda joriy yilning 15 may kuni qabul qilingan “2025-2026 yillarda sayyohlar oqimini keskin köpaytiriş va turistik xizmatlar kölamini jadal kengaytiriş orqali turizmning iqtisodiyotdagi örni va ahamiyatini oşiriş çora-tadbirlari töğrisidagi” Prezident farmonida söz boradi.Unga köra, joriy yil 1 iyundan boşlab turizm sohasiga oid barça davlat elektron tizim va platformalari Milliy turizm yagona platformasi doirasida işlab çiqiladi.
Bunda:
- platforma orqali joylaştiriş vositalarini onlayn band qilgan Özbekiston Respublikasi fuqarolariga şaxsni tasdiqlovçi hujjatsiz MyID tizimi orqali identifikatsiyadan ötişga ruxsat beriladi;
- platformaga ulangan joylaştiriş vositalarining şaxsiy kabinetida mehmonni QR kod yoki yuz orqali identifikatsiya qiliş imkoniyati yaratiladi.
Joriy yil 1 sentyabrga qadar platforma orqali axborot almaşinuvi yölga qöyilişi lozim bölgan vazirlik va idoralarning röyxati tasdiqlanadi. U mahalliy va xorijiy sayyohlar uçun barça turdagi xizmatlarni, jumladan, turar joyni onlayn band qiliş, avtomobil ijarasi va taksiga buyurtma beriş, avtobuslar, samolyotlar va poyezdlarga çiptalar sotib oliş, muzeylar va attraktsionlar, gid va ekskursovod xizmatlarini birlaştirişi közda tutilgan.