USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Hindiston bilan savdo aylanmasi 2030 yilgaça 5 mlrd dollarga yetkaziladi

65 марта
Ҳиндистон билан савдо айланмаси 2030 йилгача 5 млрд долларга етказилади

Özbekiston Prezidenti va Hindiston Boş vaziri bugun, 30 avgust kuni ötkazilgan tor va keng doiradagi muzokaralarda özaro munosabatlarni yangi darajaga olib çiqişga kelişib oldi. Bu haqda Özbekiston yetakçisining matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilişiça, Köksaroy qarorgohida Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev va Hindiston Respublikasi Boş vaziri Narendra Modining muzokaralari bölib ötgan.

Uçraşuv avvalida Narendra Modi davlat rahbarini Mustaqillik kuni bilan tabriklab, Özbekiston xalqiga tinçlik, farovonlik va ravnaq tilagan.

Şundan söng, Özbekiston – Hindiston strategik şeriklik munosabatlari va köp qirrali hamkorligini yanada rivojlantirişning dolzarb masalalari körib çiqilgan.

Şu örinda faol va samarali muloqotlar turli darajalarda davom etayotgani katta mamnuniyat bilan qayd etilgan.

Malum qilinişiça, ötgan yil yakunlariga köra, tovar ayirboşlaş hajmi ilk bor 1 milliard dollardan oşgan. Sönggi yillarda qöşma korxonalar soni 7 barobarga köpaygan. Ikki mamlakat örtasida haftasiga 14 ta töğridan-töğri parvozlar amalga oşirilmoqda.

Talim sohasidagi hamkorlik kengayib bormoqda. Özbekistonda Hindistonning 4 ta universiteti faoliyat yuritmoqda.

Bildirilişiça, madaniy-gumanitar aloqalarni ham rivojlantirişga alohida etibor qaratilmoqda. Bunda Lal Bahodur Şastri nomidagi Hind madaniyati markazi va Mahatma Gandi nomidagi Hindşunoslik markazi muhim örin tutmoqda.

Özbekistonda yoga tobora ommalaşib borayotgani va uşbu sohadagi hamkorlik faol rivojlanayotgani ham alohida qayd etilgan.

Mazkur taşrif tarixiy ahamiyatga ega bölib, Özbekiston va Hindiston örtasidagi munosabatlarni keng qamrovli strategik şeriklik darajasiga olib çiqişda muhim örin tutişi takidlangan.

Bu Özbekiston – Hindiston munosabatlarida yangi bosqiçni boşlab berişi va barça ustuvor yönalişlarda amaliy hamkorlikni yanada kengaytiriş uçun mustahkam zamin yaratişi qayd etilgan.

Şu bilan birga, tomonlar siyosiy muloqot va almaşinuvlarni barça darajalarda, şu jumladan, parlamentlardagi döstlik guruhlari, Hukumatlararo komissiya va Işbilarmonlar kengaşi doirasida faollaştirişga kelişib olgan.

Malum qilinişiça, hamkorlikni samarali muvofiqlaştirişni taminlaş maqsadida taşqi siyosat idoralari rahbarlari darajasida muvofiqlaştiruvçi mexanizmni tasis etiş közda tutilgan.

Muzokaralar davomida savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni yanada kengaytiriş masalalari atrofliça muhokama qilingan.

Tomonlar özaro savdo hajmini bir neça barobar oşiriş uçun katta salohiyat mavjudligini qayd etib, 2030 yilga qadar tovar ayirboşlaşni 5 milliard dollarga yetkaziş böyiça zarur çoralarni körişga kelişib olgan.

Sanoat kooperatsiyasini kengaytiriş va yangi qöşma loyihalarni amalga oşirişga alohida etibor qaratilgan. Hindistonning yetakçi kompaniyalari bilan energetika, elektrotexnika, metallurgiya, muhim minerallar, soğliqni saqlaş, farmatsevtika, qişloq xöjaligi va zargarlik sanoatida hamkorlikni rivojlantiriş istiqbollari yuqori baholangan.

Şuningdek, hududlararo hamkorlikni rivojlantiriş masalalariga töxtalib ötilgan. Andijon viloyati va Gujarat ştati, Farğona viloyati va Haryana ştati, Samarqand viloyati va Agra örtasida yaqin şeriklik aloqalari yölga qöyilgani qayd etilgan.

Bundan taşqari, tomonlar madaniy-gumanitar hamkorlikni yanada kengaytiriş masalalarini muhokama qilgan. Madaniyat kunlari, kontsertlar, körgazmalar, forumlar va kinofestivallarni muntazam ötkazib boriş böyiça kelişuvga erişilgan. Taşrif doirasida Madaniy almaşinuv böyiça 5 yillik dasturni imzolaş közda tutilgan.

Muzokaralar davomida xalqaro va mintaqaviy kun tartibidagi dolzarb masalalar yuzasidan ham fikr almaşilgan.

Yetakçilar xalqaro tuzilmalar doirasidagi samarali hamkorlikni mamnuniyat bilan qayd etgan. Tomonlar BMT, ŞHT, BRIKS va boşqa xalqaro taşkilotlar doirasida ilgari surilayotgan taşabbuslarni özaro qöllab-quvvatlaş amaliyotini izçil davom ettiriş muhimligini takidlagan.

Uçraşuv yakunida vazirlik va idoralar rahbarlariga qöşma loyiha va dasturlarning faol ilgari surilişini taminlaş topşirilgan.

Bildirilişiça, har bir ustuvor yönaliş böyiça aniq mexanizmlar, masul ijroçilar va amalga oşiriş muddatlarini öz içiga olgan tegişli “yöl xaritalari” işlab çiqiladi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: