USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Şavkat Mirziyoyev Bişkekda Antoniu Guterriş bilan uçraşdi

70 марта
Шавкат Мирзиёев Бишкекда Антониу Гутерриш билан учрашди

Bugun, 31 avgust kuni Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev Bişkek şahrida ötayotgan ŞHT sammiti tadbirlari doirasida BMT Boş kotibi Antoniu Guterriş bilan uçraşuv ötkazdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilişiça, suhbat avvalida BMT Boş kotibi davlat rahbari va Özbekiston xalqini mamlakat mustaqilligining 35 yilligi bilan samimiy tabriklab, tinçlik-osoyiştalik, farovonlik va ravnaq tilagan.

BMT va uning institutlari bilan hamkorlikni yanada kengaytiriş va mustahkamlaş masalalari muhokama qilingan.

Davlat rahbari Antoniu Guterrişning Özbekiston va BMT örtasidagi köp qirrali hamkorlikni rivojlantirişga qöşayotgan şaxsiy hissasini yuqori baholagan. Boş kotibning taşkilot tizimini isloh qilişga qaratilgan taşabbuslarini qöllab-quvvatlaşini aytgan.

Faol muloqot va özaro taşriflar hamda Özbekistonning BMTning saylanadigan organlari faoliyatidagi iştiroki kengayib borayotgani mamnuniyat bilan qayd etilgan. Sönggi yillarda Özbekiston taşabbusi bilan BMT Boş Assambleyasining 15 ta rezolyutsiyasi qabul qilingan.

Antoniu Guterriş Özbekistonning Barqaror rivojlaniş maqsadlarini amalga oşirişda katta yutuqlarga erişayotganini olqişlagan. Bu boradagi hamkorlikni yanada faol davom ettirişga tayyorlik tasdiqlangan.

Suhbat davomida xalqaro va mintaqaviy kun tartibining dolzarb masalalari yuzasidan fikr almaşilgan. Bölajak qöşma tadbirlar rejasi ham körib çiqilgan.

Eslatib ötamiz, avvalroq Şanxay hamkorlik taşkiloti sammiti doirasida Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Tszinpin bilan muzokara ötkazgani haqida xabar berilgandi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: