USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Maduroning qamoqxonadan olingan fotosuratlari elon qilindi

118 марта
Мадуронинг қамоқхонадан олинган фотосуратлари эълон қилинди

Venesuelaning AQŞ tomonidan öğirlangan prezidenti Nikolas Maduroning qamoqxonadan olingan yangi fotosuratlari paydo böldi. Tasvirlar uning X ijtimoiy tarmoğidagi sahifasida elon qilingan.

Fotosuratlar 25 iyun sanasi bilan qayd etilgan.

“Matonat bilan turganimizni, yuragimiz sizning mehr-muhabbatingizga töla ekanini bilişingizni xohlayman”, deb izohlangan Maduroning tasvirlari ijtimoiy tarmoqda.

Boşqa bir postda siyosatçi fotosuratlar uning nevaralariga, şuningdek “öğil-qizlar va uni yaxşi köradigan barça olijanob insonlarga” bağişlanganini yozgan.

Eslatib ötamiz, Maduro va uning rafiqasi Siliya Flores joriy yilning 3 yanvarga ötar keçasi bor-yöi 2 soat-u 20 daqiqa davom etgan AQŞning “Mutlaq qatiyat” (Operation Absolute Resolve) operatsiyasi davomida qölga olinib, Qöşma Ştatlarga olib ketilgan edi. Er-xotin “narkoterrorizm”, giyohvand moddalar kontrabandasi va qurol saqlaşda ayblandi. Ular Qöşma Ştatlarga desant kemasi va samolyotda yetkazilgan. Maduro va Flores aybini tan olmayapti.

Maduro ilk bor bor-yöği ikki kun ötib, 5 yanvar kuni Amerika sudi oldida köriniş berdi. Janubiy Amerika respublikasi rasmiylari sodir bölgan voqeani harbiy agressiya deb atadi. Ularning malumotlariga köra, yanvar boşidagi voqealar davomida yuz kişi halok bölgan.

Joriy yilning iyun oyida Amerika sudyasi Maduro va uning rafiqasi ustidan sud jarayoni boşlanişini 2027 yilning iyun oyiga belgiladi. Sud jarayoni aynan şu vaqtda boşlanişini ham prokuratura, ham hibsda uşlab turilgan er-xotinning advokatlari yoqlab çiqdi.

AQŞ hukumati 2019 yildan beri Maduroni Venesuelaning legitim yetakçisi sifatida tan olmaydi. May oyida Venesuelaning yangi hukumati Maduroning eng yaqin ittifoqçilaridan biri – tadbirkor Aleks Saabni AQŞga deportatsiya qildi. 2023 yil dekabrda ilgari mablağlarni özlaştirişda gumonlanib AQŞda hibsga olingan Saab mahbuslar almaşinuvi doirasida ozod qilingan, Venesuelaga qaytgan va hatto u yerda sanoat vaziri lavozimini egallagan edi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: