Maduroning qölga olinişi uçun pul tikkan AQŞ harbiysi uşlandi
24-04-2026, 11:32
252 марта

Maduroning qölga olinişi uçun pul tikkan AQŞ harbiysi uşlandi
AQŞda Venesuela prezidenti Nikolas Maduroni qölga oliş operatsiyasida iştirok etgan harbiy maxfiy malumotlardan foydalanib, pul tikiş orqali daromad qilgani uçun qölga olindi. Bu haqda Nyu-York federal prokuraturasi malum qildi.Tergovga köra, 38 yoşli master-serjant Gannon Ken Van Dyke 2025 yil dekabr – 2026 yil yanvar oylarida Karakasdan Maduroni olib çiqiş operatsiyasini tayyorlaşda qatnaşgan va şu bilan birga Polymarket platformasida maxfiy malumotlardan foydalangan holda pul tikkan.
Rasmiylarga köra, u AQŞ qöşinlarining Venesuelaga kiritilişi va Maduro hokimiyatdan ağdarilişi kabi voqealarga jami 13 ta tikiş qilgan hamda 400 ming dollardan ortiq daromad topgan. Operatsiyadan söng u mablağlarni kriptovalyutaga ötkazib, akkauntini öçirişga uringan.
Tergov organlari harbiy öz xizmat mavqeidan şaxsiy manfaat yölida foydalangan deb hisoblamoqda. U maxfiy davlat malumotlaridan noqonuniy foydalaniş, firibgarlik va boşqa jinoyatlarda ayblanmoqda. Unga 20 yilgaça qamoq jazosi tahdid qilmoqda.
Eslatib ötamiz, joriy yilning 3 yanvar kuni AQŞ maxsus kuçlari Karakasda operatsiya ötkazib, Maduro va uning rafiqasi Siliya Floresni qölga olib AQŞga olib ketgan edi. CBS xabariga köra, operatsiyada “Delta” maxsus bölinmasi qatnaşgan. Ularga “narkoterrorizm”, giyohvand moddalar kontrabandasi va qurol saqlaş ayblovlari qöyilgan.
Venesuela rasmiylari esa uşbu voqeani harbiy agressiya deb baholagan va yanvar boşidagi hodisalarda 100 ga yaqin odam halok bölganini bildirgan.