USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

AQŞ Maduroni qölga olişda neyrotarmoqdan foydalangan – WSJ

72 марта

AQŞ Maduroni qölga olişda neyrotarmoqdan foydalangan – WSJ

Pentagon Venesuela prezidenti Nikolas Maduroni qölga oliş böyiça maxsus amaliyot davomida Claude nomli suniy intellekt modelidan foydalangan. Model Anthropic tomonidan işlab çiqilgan. Bu haqda öz manbalariga tayanib, “The Wall Street Journal” xabar berdi.

Claude – matn yaratiş va foydalanuvçi bilan muloqot qilişga möljallangan suniy intellekt çat-boti. Anthropic startapi 2021 yilda OpenAI sobiq vitse-prezidentlari Dario va Daniyela Amodey tomonidan taşkil etilgan.
Naşrga köra, Maduro va uning rafiqasini qölga oliş operatsiyasi Karakasdagi bir neçta obektlarni bombardimon qilişni öz içiga olgan. Manbalarning takidlaşiça, Claude’ni joriy etiş Anthropic’ning malumotlarni qayta işlaş bilan şuğullanuvçi Palantir Teçnologies bilan hamkorligi tufayli mumkin bölgan. Palantir vositalaridan AQŞ Mudofaa vazirligi va federal huquq-tartibot organlari keng foydalanadi.
Anthropic kompaniyasining Pentagon xodimlari tomonidan Claude’dan foydalanilişi mumkinligidan xavotirlanişi mamuriyat rasmiylarini 200 million dollarlik şartnomani bekor qiliş masalasini körib çiqişga undagan. Mazkur şartnoma ötgan yozda tuzilgan. Manbalarga köra, kompaniya rahbari Dario Amodey SIning harbiy operatsiyalar va içki kuzatuvda qöllanilişidan xavotirini oçiq bildirgan.

Naşrning qayd etişiça, Anthropic Pentagon maxfiy operatsiyalarida qöllanişi mumkin bölgan SI modellarini işlab çiqqan ilk kompaniya bölgan. WSJ Venesueladagi amaliyotda maxfiy bölmagan vazifalar uçun boşqa SI vositalari ham qöllangan bölişi mumkinligini istisno etmaydi. Ular hujjat aylanişidan tortib, uçuvçisiz apparatlarni boşqarişgaça bölgan turli vazifalarda işlatilişi mumkin.

“Claude yoki boşqa har qanday SI modeli aniq operatsiyalarda – maxfiy yoki boşqa – qöllangan-qöllanmagani haqida izoh bera olmaymiz. Claude’dan foydalaniş, xoh xususiy sektor, xoh davlat tuzilmalari tomonidan bölsin, bizning qoidalarimizga mos bölişi kerak. Biz hamkorlarimiz bilan bu qoidalarga rioya etilişini taminlaş uçun yaqindan işlaymiz”, deydi Anthropic vakili. 
Maduro va uning rafiqasi Silviya Flores joriy yil 3 yanvarga ötar keçasi Venesuelada ötkazilgan “Mutlaq qatiyat” amaliyot çoğida qölga olinib, AQŞga olib ketilgan edi. Amaliyot ikki soat 20 daqiqa davom etgan. Siyosatçi va uning rafiqasi “narkoterrorizm”, giyohvand moddalar kontrabandasi hamda qurol saqlaşda ayblangan. Venesuela rasmiylari esa voqeani harbiy tajovuz deb atagan. Ularning malumotiga köra, yanvar boşidagi hodisalarda 100 kişi halok bölgan.


Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: