AQŞ Maduroni qölga olişda qöllagan “sirli qurol” nomi elon qilindi
25-01-2026, 14:49
1 133 марта

AQŞ Maduroni qölga olişda qöllagan “sirli qurol” nomi elon qilindi
Amerikalik harbiylar Venesuela prezidenti Nikolas Maduroni qölga oliş operatsiyasi çoğida yangi maxfiy qurollardan foydalangan. Bu haqda AQŞ prezidenti Donald Tramp New York Post tabloidiga bergan intervyusida malum qildi.Trampning sözlariga köra, gap The Discombobulator(dizkombobulator) deb nomlangan qurol haqida ketmoqda. Aynan u Venesuela rahbarini qölga olişda hal qiluvçi rol öynagan. Tramp mazkur qurol Venesueladagi Xitoy va Rossiyada işlab çiqarilgan harbiy texnikani işdan çiqarişga yordam berganini aytdi.
AQŞ prezidentining yuqoridagi bayonoti CNN telekanalidagi xabar ortidan yangradi. Telekanal manbalariga köra, AQŞ Içki xavfsizlik vazirligi taxminan bir yil avval “Gavana sindromi”ga öxşaş alomatlarni keltirib çiqarişi mumkin bölgan qurilmani sotib olgan.
“Gavana sindromi” — 2016 yildan buyon dunyoning turli mamlakatlarida AQŞ davlat xizmatçilarida kuzatilgan tuşuntirib bölmaydigan simptomlar majmuasiga berilgan nomdir. Uşbu holat ilk bor AQŞning Gavanadagi elçixonasi xodimlari doimiy şovqinlar, quloq oğriği, boş aylanişi, boşda vibratsiya va bosim hissidan şikoyat qilganidan söng malum bölgan. Bazi taxminlarga köra, “Gavana sindromi” mikrotölqinli nurlaniş bilan boğliq bölişi mumkin.
New York Post naşri Maduroga qarşi ötkazilgan operatsiya guvohlariga tayanib xabar berişiça, AQŞ harbiylari hujumi vaqtida Venesuela prezidentining qöriqçilarida kutilmaganda burundan qon kelişi boşlangan. Ayrim qöriqçilar qon qusgani ham aytilmoqda.
Venesuela Mudofaa vazirligi malumotlariga köra, AQŞ ötkazgan uşbu operatsiya çoğida 83 kişi halok bölgan.
“Bir payt ular nimanidir işga tuşirdi. Buni qanday tasvirlaşni bilmayman. Bu juda kuçli tovuş tölqiniga öxşardi. Birdan boşim içkaridan portlayotgandek bölib ketdi”, dedi operatsiya guvohi.Naşrga bergan izohida Donald Tramp yangi qurolga oid qöşimça tafsilotlarni oşkor etişdan boş tortgan.