Toşkentda erkak suvda oqib ketayotgan bolani qutqarib qoldi
Toşkent şahrining Mirzo Uluğbek tumanidan ötuvçi kanalda oqib ketayotgan bolakay fuqaro tomonidan qutqarib qolindi. Bu haqda Toşkent şahar Favqulodda vaziyatlar boş boşqarmasi xabar berdi.
Malum bölişiça, fuqaro uşbu hududga videorolik suratga oliş uçun borgan vaqtida tasodifan voqeaga duç kelgan. U qörqmasdan suvga tuşib, bolakayni qutqarib qolgan.
Joriy yilning 29 avgust kuni ijtimoiy tarmoqlarda 3 yaşar bola kanalda oqib ketayotgani va bir erkak bolani qutqarib qoliş uçun suvga tuşgani köringan videolar tarqalgan edi. Unda erkak suvga tuşib, bolani qutqargani, şungdek, uni suvdan olib çiqqanidan söng bolani tanasidan suvni çiqarib taşlaşga harakat qilgani köringan. Şundan söng, erkak bolani kötarib, kanalning bu tomoniga olib ötgan.
Fuqaro ota-onalarni farzandlariga befarq bölmaslikka, şuningdek, bolalarni çömiliş taqiqlangan joylarga yubormaslikka çaqirgan.
Eslatib ötamiz, avvalroq Toşkent şahridagi “Börijar” kanalida çökayotgan 13 yaşar bola qutqarib qolingan edi.