Böstonliqdagi kanaldan yoş bolaning jasadi çiqdi
Toşkent viloyatining Böstonliq tumanida oqib ötuvçi Bözsuv kanalida 10 va 8 yoşli bolalar oqib ketdi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.
Malum qilinişiça, joriy yilning 17 iyun kuni Toşkent viloyati Böstonliq tumani “Obod” mahalla fuqarolar yiğini hududida yaşovçi 2016 hamda 2018 yilda tuğilgan ikki nafar voyaga yetmagan bola yaşaş uyining pastki qismidan oqib ötuvçi Bözsuv kanaliga ehtiyotsizlik oqibatida tuşib ketgani töğrisida Toşkent viloyati Favqulodda vaziyatlar boş boşqarmasiga xabar kelib tuşgan.
Qidiruv-qutqaruv işlari oqibatida ğavvos-qutqaruvçilar tomonidan 21 iyun kuni suvdan bir nafar bolaning jasadi topilgan.
Ayni vaqtda ikkinçi bolani qidirib topiş maqsadida ğavvos-qutqaruvçilar tomonidan qidiruv-qutqaruv işlari uzluksiz davom ettirilmoqda.
Eslatib ötamiz, joriy yilning 19 iyun kuni Toşkent viloyatidagi Bözsuv kanalida oqib ketayotgan erkak qutqaruvçilar tomonidan qutqarib qolingandi.