Böstonliqda qöl tormozi tortilmagan Captiva kanalga tuşib ketdi
Keça, 14 iyun kuni Toşkent viloyatining Böstonliq tumani hududidan oqib ötgan Qoronqul kanaliga Captiva rusumli avtomobil tuşib ketgan. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.
Qayd etilişiça, soat 19:43 da Böstonliq tumani “Qoronqul” MFY hududidan oqib ötuvçi Qoronqul kanaliga Captiva rusumli avtomobil haydovçining ehtiyotsizligi oqibatida tuşib ketgani haqida FVBBga xabar kelib tuşgan.
Viloyat FVBB qutqaruvçilari zudlik bilan manzilga yetib borib, maxsus texnika va qutqaruv asbob-anjomlari yordamida avtomobilni kanaldan çiqarib olgan.
Aniqlanişiça, haydovçi avtomobilni töxtatgaç, qöl tormozini tortib qöyişni unutgan. Oqibatda transport vositasi öz-özidan harakatlanib, kanalga tuşib ketgan. Hodisa oqibatida tan jarohati olganlar yöq.
Eslatib ötamiz, avvalroq Samarqand viloyatining Paxtaçi tumanida elektromoped 8 nafar odam bilan kanalga tuşib ketgan edi.