Samarqandda Damas yuk maşinasiga borib urildi
Joriy yilning 9 iyun kuni Samarqand viloyatining Paxtaçi tumanida Damas va yuk avtomobili iştirokida yöl-transport hodisasi sodir böldi. Bu haqda Yöl harakati xavfsizligi xizmati xabar berdi.
Malum qilinişiça, hodisa soat 18:10 lar atrofida Samarqand viloyatining Paxtaçi tumanidagi Mirza Olim MFY hududidan ötuvçi M-37 avtomobil yölining 138-kilometrida sodir bölgan. 1991 yilda tuğilgan haydovçi A.R. Damas rusumli avtomobilni boşqarib ketayotib, özidan oldinda ketayotgan transport vositalarini quvib ötiş maqsadida asfalt qoplamasi mavjud bölmagan yöl çetidan harakatlangan. Oqibatda haydovçi transport vositasi boşqaruvni yöqotib, özi bilan bir yönalişda harakatlanib ketayotgan yuk avtomobilining orqa qismiga borib töqnaşgan.
YTH oqibatida Damas avtomobili haydovçisi tan jarohatlari bilan şifoxonaga yetkazilgan. Mazkur holat yuzasidan Paxtaçi tumani YHXB masul xodimlari tomonidan suriştiruv harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib ötamiz, avvalroq Farğona viloyatining Özbekiston tumanida yuk maşinasi hamda Lacetti rusumli avtomobil töqnaşib ketişi oqibatida ikki kişi halok bölgandi.