USD: 11,942 söm ▼ EUR: 13,383 söm ▼ RUB: 148 söm ▼ GBP: 16,017 söm ▼ CNY: 1,796 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 239 söm ▼ AED: 3,251 söm ▼ USD: 11,942 söm ▼ EUR: 13,383 söm ▼ RUB: 148 söm ▼ GBP: 16,017 söm ▼ CNY: 1,796 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 239 söm ▼ AED: 3,251 söm ▼

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Matiz ZILga töqnaşib, majaqlanib ketdi. 3 kişi halok böldi

868 марта

Matiz ZILga töqnaşib, majaqlanib ketdi. 3 kişi halok böldi

Keça, 23 noyabr kuni Jizzaxda qarama-qarşi yönalişga çiqib ketgan Matiz ZIL bilan töqnaşişi oqibatida 3 kişi halok böldi. Bu haqda viloyat Yöl harakati xavfsizligi boşqarmasi xabar berdi.

Qayd etilişiça, hodisa soat 08:10 lar atrofida Jizzax şahar Amir Temur MFY hududidan ötuvçi D-050 “Jizzax-Ğallaorol” avtomobil yölining 34 kilometrida sodir bölgan. Baxmal tumanidan bölgan 27 yoşli haydovçi Matiz rusumli transport vositasini “Jizzax-Ğallaorol” yönalişi böyiça boşqarib ketayotgan vaqtda özi bilan bir yönalişda oldinda harakatlanib ketayotgan avtomaşinani quvib ötiş maqsadida qarama-qarşi yönalişga çiqqan. Oqibatda qarama-qarşi yönalişda harakatlanib kelayotgan, Jizzax viloyati Baxmal tumanida yaşovçi 33 yoşli haydovçi boşqaruvidagi ZIL-130 rusumli yuk avtomaşinasi bilan töqnaşgan. Uşbu yöl-transport hodisasi oqibatida Matiz rusumli transport vositasi haydovçisi va avtomaşinada bölgan 2 nafar yölovçi olgan tan jarohatlari bilan voqea joyida halok bölgan.


Bildirilişiça, hozirda mazkur holat yuzasidan Jizzax şahar Içki işlar boşqarmasining Tergov bölimi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi (transport vositalari harakati yoki ulardan foydalaniş xavfsizligi qoidalarini buziş) 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: