“Qamçiq”dagi 2 ta “avariya”da 3 kişi halok böldi
29-08-2025, 09:00
449 марта

“Qamçiq”dagi 2 ta “avariya”da 3 kişi halok böldi
Bugun, 28 avgust kuni “Qamçiq” dovonida ikkita yöl-transport hodisasi sodir böldi va buning oqibatida 3 kişi halok böldi. Bu haqda Namangan viloyati Yöl harakati xavfsizligi boşqarmasi xabar berdi.Malum qilinişiça, soat 04:40 larda A-373 avtomobil yölining Vodiy-Toşkent yönalişida Lacetti avtomaşinasini boşqarib ketayotgan haydovçi harakat xavsizligini taminlay olmagan hamda özi bilan bir yönalişda harakatlanib kelayotgan yuk maşinasiga urilib, YTH sodir etgan. Oqibatda Lacetti yölovçisi oğir tan jarohati bilan vafot etgan. Yana bir yölovçi esa şifoxonaga yotqizilgan.
Mazkur hududda soat 08:39 larda ham Cobalt boşqarib ketayotgan haydovçi harakat xavfsizligini taminlay olmay, boşqaruvni yöqotgan. Şundan söng, avtomobil özi bilan bir yönalişda yölning öng tomonida harakatlanib ketayotgan yuk maşinasining orqa qismiga va yölning öng tomonida harakatlanib ketayotgan yana bir yuk maşinasiga borib urilgan. Uşbu hodisa oqibatida esa Cobalt’da bölgan ikki yölovçi oğir tan jarohati bilan vafot etgan.
Bildirilişiça, har ikki holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi (Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalaniş xavfsizligi qoidalarini buziş) 2-qismi bilan jinoyat işi qözğatilgan.