Qirğizistonda 18 yoşli özbekistonlik yigit maşinada jarlikka quladi
22-07-2025, 13:08
458 марта

Qirğizistonda 18 yoşli özbekistonlik yigit maşinada jarlikka quladi
Qirğiziston Respublikasida 18 yoşli farğonalik yigit maşinada jarlikka qulab, halok böldi. Bu haqda Farğona vilioyati Yöl harakati xavfsizligi boşqarmasi xabar berdi.Malum qilinişiça, keça, 21 iyul kuni Söx tumani Lenbur mahallasida yaşovçi 18 yoşli yigit Nexia-3 rusumli avtomaşinani boşqarib yölga çiqqan. U Söx-Rişton avtomobil yölining Qirğiziston Respublikasi Botken viloyati Bujay ayili hududidan ötgan joyida rul boşqaruvini yöqotgan. Oqibatda maşina jarlikka ağdarilib ketgan.
Uşbu halokatdan söng, haydovçi tan jarohati olib, voqea joyida vafot etgan. Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi (transport vositalari harakati yoki ulardan foydalaniş xavfsizligi qoidalarini buziş) 2-qismi bilan jinoyat işi qözğatilgan.