Xorazmda yoş yigit boşqaruvidagi Tracker kanalga quladi

Xorazm viloyatining Urganç şahrida yoş yigit boşqaruvidagi Tracker maşinasi YTHga uçradi. Bu haqda Kun.uz manbasi xabar berdi.
Malum bölişiça, YTH 30 may kuni sodir bölgan. 2006 yilda tuğilgan yigit tengdoş döstlarini mindirgan holda Tracker maşinasida katta tezlikda ketayotib, boşqaruvni yöqotgan. Buning oqibatida maşina kanalga qulagan. Bu paytda kanalda suv bölmagan.
YTHda maşinada yölovçi sifatida bölgan 2 nafar yigit tan jarohati olib, şifoxonaga yotqizilgan. Ulardan birining onasi Kun.uz’ga murojaat qildi.
“Maşinani boşqargan yigitning haydovçilik guvohnomasi bölmagan. U maşinani yaqinda sotib olgan, hali öz nomiga rasmiylaştirib ham olmagan ekan. Öğlim old yölovçi örindiğida bölgan. Maşina kanalga qulaganda öğlim taşqariga otilib çiqib ketgan. Jarohati jiddiy. Özim ming xavotirda ötirgan bir paytimda maşina boşqaruvida öğlim bölgani haqida tuhmat qilişmoqda”, deydi ayol.
Uning qöşimça qilişiça, hozirda holat yuzasidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda. Maşina boşqaruvida kim bölgani ekspertiza xulosalari bilan aniqlanadi.