USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼ USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Rossiyada köprik poyezd ustiga quladi. Qurbonlar bor

213 марта

Rossiyada köprik poyezd ustiga quladi. Qurbonlar bor

Avtomobil köprigi temiryöl ustiga qulaşi oqibatida Moskva tomon harakatlanayotgan yölovçi poyezdi relsdan çiqib ketdi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar berdi.

Malum qilinişiça, keça, 31 may kuni mahalliy vaqt bilan 22:44 da Bryansk viloyatida joylaşgan “Pilsino-Vigoniçi” yönalişidagi bir yölakli temiryöl bölagida avtomobil köprigining ustki qismi qulab tuşgan. Oqibatda ”Klimovo–Moskva” yönalişida harakatlanayotgan 86-sonli yölovçi poyezdining lokomotivi va vagonlari relsdan çiqib ketgan.
Rossiya Tergov qömitasi bergan malumotga köra, köprik konstruktsiyasi qulab tuşib, uning bölaklari ostidan ötayotgan yölovçi poyezd ustiga tuşgan.


Hodisa yuzasidan Rossiya Tergov qömitasi va Moskva ölkaviy transport prokuraturasi tomonidan suriştiruv işlari boşlangan.
Bryansk viloyati gubernatori Aleksandr Bogomaz halok bölganlar va jarohatlanganlar haqidagi malumotlarni tasdiqlagan.

“Tezkor malumotlarga köra, temiryöl ustiga avtomobil köprigi qulab tuşişi oqibatida, afsuski, yetti kişi halok bölgan”, deya bayonot bildirgan Bogomaz.

Qayd etilişiça, voqeadan söng tungi vaqtda 30 kişi jarohatlangani haqida xabar berilgan, ulardan ikkitasi yoş bola bölgan.
Jarohatlanganlardan ikki kişi, jumladan, bir bola oğir ahvolda ekani bildirilgan.
Tongga kelib, jarohatlanganlar soni oşgan.

“Bugungi kungaça jarohat olganlar soni 66 kişiga yetdi, ulardan uçtasi bolalar. Uç nafar jabrlanuvçining ahvoli oğir. 44 kişi şifoxonaga yotqizilgan, yana 22 kişi ambulator kuzatuvda”, deya malum qilgan gubernator.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: