USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼ USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Rossiya Odessaga dron hujumi uyuştirdi. Qurbonlar bor

178 марта
Bugun, 1 mayga ötar keçasi Rossiya armiyasi Odessa şahriga dronlar bilan ommaviy hujum qildi. Oqibatda kamida ikki kişi halok böldi, yana 15 kişi yaralandi. Bu haqda Ukraina Favqulodda vaziyatlar davlat xizmati xabar berdi.
Qayd etilişiça, halok bölganlardan biri “Ukraina temiryöllari” xodimi bölgan. Kompaniya matbuot xizmati xabariga köra, erkak dron hujumi oqibatida öz uyida vafot etgan. Bundan taşqari, tungi hujum oqibatida temiryöl uçastkalaridan birida yöl tarmoği, aloqa tarmoği va uçta yuk vagoni şikastlangan.
Rossiya dronlari bir neçta köp qavatli turarjoy binolari, xususiy uylar, supermarket, maktab va yengil avtomobillarni şikastlagan. Qutqaruvçilar hujumga uçragan köp qavatli binodan 200 nafardan ortiq aholining evakuatsiyasini amalga oşirgan. Şaharning ayrim tumanlarida yonğinlar yuzaga kelgan.
Kiyev viloyati ham hujumlarga uçragan. Favqulodda vaziyatlar davlat xizmati xabariga köra, tungi vaqtda Rossiya uçuvçisiz uçiş uçoqlari parçalarining qulaşi oqibatida xususiy uy va uning yaqinidagi xöjalik inşootida yonğin çiqqan. Yonğin öçirilgan, jabrlanganlar kuzatilmagan.
Malumot uçun, Rossiya 21 va 23 aprel kunlari ham Odessaga hujum qilgan edi. Öşanda dronlar şaharning çekkasidagi fuqarolik infratuzilmasini nişonga olib, ikki kişini yaralagan. 26 aprelga ötar keçasi bölgan navbatdagi hujumda 30 ta drondan biri şaharning gavjum hududidagi turar joy massiviga tuşib, köplab xonadonlarga zarar yetkazgan va uç kişi tan jarohati olgan.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: