Mototsikl va skuter örtasida sodir bölgan YTHda 2 haydovçi vafot etdi
8-06-2025, 22:13
1 160 марта
Mototsikl va skuter örtasida sodir bölgan YTHda 2 haydovçi vafot etdi Toşkentda mototsikl va skuter örtasida sodir bölgan yöl-transport hodisasida ikki nafar haydovçi vafot etdi. Bu haqda Poytaxt IIBB YHXB matbuot xizmati xabar bermoqda.
Malum qilinişiça, joriy yilning 8-iyun kuni soat 02:00 larda Sergeli tumani, Fayzli Toşkent köçasida haydovçi 1999-yilda tuğilgan Ş.X. boşqaruvidagi QJ Motors rusumli mototransport vositasi va haydovçi 2000-yilda tuğilgan M.Z. boşqaruvidagi Drongo rusumli skuteri töqnaşişi oqibatida yöl-transport hodisasi sodir bölgan.
YTH oqibatida haydovçilar olgan tan jarohatlari bilan vafot etgan.
Mazkur holat yuzasidan Toşkent şahar içki işlar boş boşqarmasi Tergov boşqarmasi tomonidan Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi (transport vositalari harakati yoki ulardan foydalaniş xavfsizligi qoidalarini buziş odam ölişiga sabab bölişi) bilan jinoyat işi qözğatilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
2-iyun kuni Sergeli tumani Mirzo Tursunzoda—Mehrigiyo köçalari çorrahasida skuter haydovçisi Damas urib yuborişidan halok böldi.