Terimçilarni paxtadan olib qaytayotgan maşina YTHga uçradi
9-10-2025, 13:42
165 марта

Terimçilarni paxtadan olib qaytayotgan maşina YTHga uçradi
Ijtimoiy tarmoqlarda Surxondaryo viloyatida paxta terimidan ayollarni olib qaytayotgan Labo Cobalt bilan töqnaşgani haqida xabarlar tarqaldi. Holat yuzasidan viloyat Yöl harakati xavfsizligi boşqarmasi xabar berdi.Malum qilinişiça, voqea joriy yilning 3 oktyabr kuni soat 19:00 larda Bandixon tumani, “Gulboğ” mahallasi hududidan ötuvçi avtomobil yölida sodir bölgan. Labo haydovçisi avtomobilida harakatlanib ketayotganida, boşqaruvni yöqotib, qarama-qarşi yönalişdan harakatlanib kelayotgan Cobalt rusumli transport vositasi bilan töqnaşib ketgan.
Oqibatda Labo rusumli avtomobil haydovçisi hamda 5 nafar ayol şu paytning özida turli darajadagi tan jarohatlari bilan tuman şifoxonasiga yetkazilgan. Maşina bortida 16 nafar ayol bölgani, ularning barçasi turli darajada tan jarohati olgani haqida tarqatilgan malumot esa asossiz ekani bildirildi.