Farğonadagi YTHda 2 kişi halok böldi
Farğona viloyatining Özbekiston tumanida yuk maşinasi hamda Lacetti rusumli avtomobil töqnaşib ketişi oqibatida ikki kişi halok böldi. Bu haqda viloyat Yöl harakati xavfsizligi boşqarmasi xabar berdi.
Malum qilinişiça, 14 iyun kuni soat 13:30 larda Özbekiston tumanining “A.Jomiy” MFY, “A.Navoiy” köçasi hududidan ötgan D-098 “Qöqon — Yaypan — Isfara” avtomobil yölining 21-kilometrida 2008 yilda tuğilgan haydovçi R.N. (ayol) Lacetti rusumli avtomobilini boşqarib ketayotib, quvib ötiş qoidasiga amal qilmasdan qarşi yönalişga çiqqan va öz yönalişida harakatlanib kelayotgan 1973 yilda tuğilgan R.O. boşqaruvidagi FAW TIGER rusumli yuk avtomobili bilan töqnaşib ketgan.
Oqibatda Lacetti rusumli avtomobil haydovçisi R.N. (ayol) hamda avtomobilda bölgan 2007 yilda tuğilgan yölovçi Z.Ş. şifoxonada vafot etgan.
Hozirda uşbu holat yuzasidan Özbekiston tumani IIB tomonidan tergovga qadar tekşiruv harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib ötamiz, avvalroq Surxondaryo viloyatining Uzun tumanida Damas va Nexia örtasida uyuştirilgan poygada ikki kişi halok bölgani haqida xabar berilgan edi.