3 yigit suvga çökib, halok böldi
12-06-2026, 17:19
860 марта

3 yigit suvga çökib, halok böldi
Surxondaryo viloyatining Jarqörğon tumanida 18 yoşli 3 yigit daryoga çökib ketişi oqibatida vafot etdi. Bu haqda viloyat Favqulodda vaziyatlar boşqarmasi xabar berdi.Qayd etilişiça, Jarqörğon tumanining “Namuna” mahallasi hududidan oqib ötuvçi daryoga mazkur mahallada istiqomat qiluvçi 2008 yilda tuğilgan olti nafar yigit çömiliş maqsadida borgan. Yigitlardan biri suvga tuşmagan. Qolgan beş nafar yigit esa çömiliş uçun daryoga tuşgan. Lekin kuçli oqim sabab ular çökib ketgan. Atrofda bölgan fuqarolar ikki yigitni qutqarişga muvaffaq bölgan, ammo uç nafar yigit oqib ketgan.
Bildirilişiça, öşa kunning özida maxsus qutqaruv xizmati ğavvoslari tomonidan bir nafar fuqaroning jasadi suvdan çiqarib olingan hamda 9 iyun kuni yana bir nafari topilgan. Hozirgi kunda yana bir fuqaroning jasadini qidiruv işlari amalga oşirilmoqda.