Bolgariyada çökayotgan qizni qutqarmoqçi bölgan özbekistonlik yigit halok böldi
10-08-2025, 11:12
1 624 марта
Bolgariyada çökayotgan qizni qutqarmoqçi bölgan özbekistonlik yigit halok böldi Bolgariyaning Sozopol şahridagi Kavatsite sohilida 22 yoşli Özbekiston fuqarosi J.M. suvda çökib vafot etdi. Bu haqda Özbekistonning Istanbuldagi Boş konsulxonasi xabar qildi.
Malumotlarga köra, fojia 7-avgust kuni ukrainalik qizni çökişdan qutqarişga harakat qiliş jarayonida sodir bölgan. Yigit kuçli tölqinlar tasirida nazoratni yöqotgan va suv ostidagi yirik qoyatoşlar orasiga qisilib qolgan.
9-avgust kuni J.M.ning jasadi Bolgariya Favqulodda vaziyatlar vazirligining qutqaruv xizmatlari tomonidan suv ostidagi qoyatoşlar orasidan olib çiqildi.
Hozirda Özbekistonning Istanbuldagi Boş konsulxonasi Bolgariyadagi Faxriy konsullik bilan hamkorlikda marhumning jasadini Özbekistonga qaytariş böyiça zarur çora-tadbirlarni körmoqda.