USD: 11,942 söm ▼ EUR: 13,383 söm ▼ RUB: 148 söm ▼ GBP: 16,017 söm ▼ CNY: 1,796 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 239 söm ▼ AED: 3,251 söm ▼ USD: 11,942 söm ▼ EUR: 13,383 söm ▼ RUB: 148 söm ▼ GBP: 16,017 söm ▼ CNY: 1,796 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 239 söm ▼ AED: 3,251 söm ▼

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Surxondaryoda çömilmoqçi bölgan 3 yigit çökib ketdi

71 марта
Сурхондарёда чўмилмоқчи бўлган 3 йигит чўкиб кетди

Surxondaryo viloyati Jarqörğon tumanining Namuna mahallasi hududidan oqib ötuvçi Surxon daryosiga çömiliş uçun borgan 6 nafar yigitdan 3 nafari daryoda çökib halok böldi. Bu haqda viloyat Favqulodda vaziyatlar boşqarmasi xabar berdi.

Malum qilinişiça, mazkur mahallada istiqomat qiluvçi 2008 yilda tuğilgan 6 nafar yigit çömiliş maqsadida daryo böyiga borgan. Daryoning kuçli oqimi yigitlarning 3 nafarini oqizib ketgan.

Yigitlardan biri suvga tuşmagan. Qolgan beş nafar yigit esa çömiliş maqsadida daryoga kirgan. Atrofda bölgan fuqarolar darhol yordamga oşiqib, suvga tuşib ketgan yigitlardan ikki nafarini qutqarişga muvaffaq bölgan.

Voqea joyiga maxsus qutqaruv xizmati ğavvoslari zudlik bilan yetib borgan.

Öşa kunning özida maxsus qutqaruv xizmati ğavvoslari tomonidan bir nafar fuqaroning jasadi suvdan olib çiqilgan, 9 iyun kuni esa yana bir nafari topilgan. Hozirgi kunda yana bir nafar fuqaroning jasadini qidiriş-qutqariş işlari amalga oşirilmoqda.

Eslatib ötamiz, avvalroq Surxondaryo viloyatining Qumqörğon tumanidagi suv omborida qayiq ağdarilib ketişi oqibatida unda bölgan bir kişi çökib ketgani haqida xabar berilgandi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: