Şavkat Mirziyoyev Islom Karimov haykali poyiga gulçambar qöydi
Bugun, 2 sentyabr kuni Toşkent şahrida Özbekiston Respublikasining Birinçi Prezidenti Islom Karimovni xotirlaş marosimi bölib ötdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Prezident Şavkat Mirziyoyev Islom Karimov nomidagi ilmiy-marifiy yodgorlik majmuasiga taşrif buyurib, Birinçi Prezident haykali poyiga gulçambar qöygan.

Islom Karimov mamlakat tarixining ğoyat murakkab va masuliyatli davrida Özbekistonga rahbarlik qilgan. Uning nomi mustaqillikning qölga kiritilişi, milliy davlatçilikning tiklanişi va mamlakatning mustaqil taraqqiyot yöliga çiqişi bilan uzviy boğliq.

“Mustaqillik, eng avvalo, bizga şonu şarafimiz, muqaddas dinimiz, ona tilimiz, unutilayotgan milliy qadriyatlarimizni qaytarib berdi.
Istiqlol tufayli biz özligimizni angladik, nomi hamişa ezozda bölgan ota-bobolarimizning munosib vorislari ekanimizni butun dunyoga namoyon etdik.
Şu manoda, mustaqilligimizning poydevorini yaratişga, mamlakatimiz tinçligi va barqarorligini taminlaşga, xalqimiz farovonligi yölida xizmat qilişga katta hissa qöşgan insonlar xotirasini ezozlaş muhim manaviy qadriyatdir”, deyiladi xabarda.

Qayd etilişiça, Prezident Şavkat Mirziyoyevning etibori bilan Birinçi Prezidentning xotirasini abadiylaştiriş böyiça keng kölamli işlar amalga oşirilgan. Toşkentda Islom Karimov nomidagi ilmiy-marifiy yodgorlik majmuasi taşkil etilgan. Samarqandga taşriflar çoğida uning maqbarasini ziyorat qiliş ezgu ananaga aylangan.

Marosimda Quron tilovat qilinib, duo öqilgan. Islom Karimovning mamlakat mustaqilligi, tinçlik va barqarorlikni taminlaş, xalq farovonligini yuksaltiriş yölidagi xizmatlari yodga olingan.

Oliy Majlis palatalari, Prezident Administratsiyasi, Vazirlar Mahkamasi, vazirlik va idoralar vakillari, ziyolilar va Toşkent şahri jamoatçiligi ham Birinçi Prezident haykali poyiga gullar qöygan.



Xotira tadbirlari Samarqand va Qarşi şaharlarida ham bölib ötgan.