Eksport qilişda oldindan 50 foiz tuşumni taminlaş bekor qilindi
Özbekistonda davlat bojxona xizmati organlari faoliyati takomillaştirilib, bojxona orqali import-eksport jarayonlarini amalga oşirişda bir qança talablar bekor qilinadi. Bu haqda Prezidentning joriy yilning 27 avgust kuni qabul qilingan “Davlat bojxona xizmati organlari faoliyatini takomillaştiriş va bojxona mamurçiligida zamonaviy yondaşuvlarni joriy etiş çora-tadbirlari töğrisida”gi 174-sonli farmonida söz boradi.
Hujjatga köra, 2026–2030 yillarga möljallangan “Yangi Özbekiston bojxonasi – 2030” strategiyasi tasdiqlangan hamda quyidagilar strategiyaning ustuvor yönalişlari etib belgilangan:
- bojxona jarayonlarida tadbirkorlik subektlariga va jismoniy şaxslarga qulay şart-şaroitlar yaratiş;
- bojxona organlari infratuzilmasini yaxşilaş va suniy intellekt texnologiyalarini keng joriy etiş orqali raqamlaştiriş darajasini yuqori bosqiçga olib çiqiş;
- bojxona mamurçiligini yanada takomillaştiriş va boşqalar.
Şuningdek, 2026 yil 1 sentyabrdan taşqi savdo şartnomasini tuzmasdan invoys asosida importni amalga oşirişda xorijiy hamkorga oldindan tölov ötkaziş çeklovi va taşqi savdo şartnomasini tuzmasdan invoys asosida eksportni amalga oşirişda oldindan 50 foiz tuşumni taminlaş bekor qilinadi.
Şu bilan birga, joriy yil 1 sentyabridan tovarlar eksportini milliy valyutada amalga oşirişda oldindan tölovni taminlaş yoki tölovning kafolatli şakllarini (akkreditiv, bank kafolati, suğurta polisi) taqdim etiş hamda oziq-ovqat mahsulotlarini sinovdan ötkaziş uçun mahsulot namunasi yetarli bölmaganda, sanitariya-epidemiologik xulosani rasmiylaştiriş talablari ham bekor qilinadi.
Şu qatorda, joriy oy boşidan bojxona rasmiylaştiruvi jarayonida biologik aktiv va yangi kimyoviy moddalar, oziq-ovqat qöşimçalari, polimer, parfyumeriya-kosmetika mahsulotlarini olib kiriş uçun ruxsatnoma, şuningdek, dori vositalari hamda tibbiy jihozlar davlat röyxatidan ötkazilganligi töğrisidagi guvohnomani taqdim etiş ham şart bölmaydi.
Eslatib ötamiz, joriy yilning 18 avgust kuni Prezidentning Xivada bölib öttgan tadbirkorlar bilan oçiq muloqotida Özbekistonda biznes bilan boğliq barça turdagi jarimalar miqdori örtaça 2 barobar kamaytirilişi aytilgandi.