Özbekistonda bojxona organlari qanday pulli xizmatlar körsatadi?
17-08-2025, 10:41
294 марта
Özbekistonda bojxona organlari qanday pulli xizmatlar körsatadi?Iqtisodiyot va moliya vazirining buyruğiga köra, bojxona organlari tomonidan jismoniy va yuridik şaxslarga körsatiladigan pulli xizmatlar röyxati va ularning tariflari tasdiqlandi.
Bu qaror Prezidentning joriy yil 25 martda qabul qilingan *“Davlat bojxona xizmati organlari faoliyati samaradorligini oşiriş çora-tadbirlari töğrisida”*gi farmoniga asosan işlab çiqilgan.
Asosiy xizmatlar quyidagilardan iborat:
- eksport-import operatsiyalari böyiça malumot oliş;
- bojxona qömitasi axborot tizimlariga töğridan-töğri ulanib, import-eksport statistikasini oliş;
- tijorat banklari söroviga asosan jismoniy şaxslar haqida malumot taqdim etiş;
- Markaziy bojxona laboratoriyasida mato va tovarlar tarkibini ekspertiza qiliş;
- Bojxona institutida “Taşqi iqtisodiy faoliyat” yönalişida öqitiş va turarjoy bilan taminlaş;
- Milliy kinologiya markazida it va muşuklarni körikdan ötkaziş va pasportlaştiriş.
- tijorat banklari uçun malumot taqdim etiş — BHMning 2000 barobari (824 mln söm);
- import-eksport statistikasi böyiça yillik malumot:
- 50 mingta tovaraçagaça — BHMning 25 barobari (10,3 mln söm);
- 4 mln tadan ortiq tovar uçun — BHMning 250 barobari (103 mln söm).