180 ta iPhone’ni tanasi va yuklari orasiga yaşirganlar uşlandi
25-07-2025, 18:16
394 марта

180 ta iPhone’ni tanasi va yuklari orasiga yaşirganlar uşlandi
Toşkent viloyatining “Navoiy” çegara bojxona postida tana qismi va yuklar orasiga 180 dona iPhone rusumli telefonni yaşirib, olib ötmoqçi bölgan şaxslar qölga olindi. Bu haqda Bojxona qömitasi xabar berdi.Malum qilinişiça, ötkazilgan tezkor tadbirda “Navoiy” çegara bojxona posti orqali mobil uyali aloqa vositalarini Özbekistonga noqonuniy tarzda olib kirişga uringan 4 nafar şaxslar töxtatib qolingan.
Qöşni davlatdan mamlkat hududiga piyoda xolda kirib kelgan fuqarolar belgilangan tartibda bojxona körigidan ötkazilganda, ularning bel qismi va qöl yuklari orasiga jami 180 dona iPhone rusumli uyali aloqa vositalari xufiyona tarzda berkitilgani malum bölgan.
Aşyoviy dalil sifatida olingan mazkur telefonlarning umumiy qiymati dastlabki hisob-kitoblarga köra, 1 mlrd 80 mln sömni taşkil qilgan.
Bildirilişiça, hozirda, xolat yuzasidan bojxona organlari tomonidan tergovga qadar suriştiruv işlari olib borilmoqda.