USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Yangi öquv yilining ilk qönğiroği çalindi (fotoreportaj)

81 марта
Янги ўқув йилининг илк қўнғироғи чалинди (фоторепортаж)

2 sentyabr tongi. Yozning uç oyi davomida sokinlik çökkan maktab hovlisi bugun yana bolalarning quvnoq ovozlariga töldi. Kuzning ilk kunlaridanoyoq maktab bağri öquvçilarni qarşi oldi. Hovlida yangragan kulgular, hayajon bilan yon-atrofga boqayotgan ota-onalar, şogirdlarini qarşi olayotgan ustozlarning samimiy tabassumi – bularning barçasi yangi öquv yili boşlanganidan darak beradi.

Bayramona bezatilgan maktab hovlisida öquvçilar birin-ketin saf tortdi. Kimningdir qölida guldasta, kimdir yangi sumkasini bağriga mahkam bosgan. Ayniqsa, maktab ostonasidan ilk bor qadam qöyayotgan birinçi sinf öquvçilarining nigohlarida hayajon, qiziqiş va beğubor quvonç aks etadi. Ular uçun bugun oddiy kun emas, balki bolalikning yangi sahifasi oçilayotgan kun.

Bu yil Özbekiston böylab 795 ming nafardan ortiq bola birinçi sinfga qabul qilindi. 2026/2027 öquv yilida mamlakatdagi 10 ming 225 ta umumtalim maktabida 550 ming nafardan ortiq öqituvçi 6,7 milliondan ziyod öquvçiga talim-tarbiya beradi. Bugun yangragan ilk qönğiroq ana şu millionlab öquvçilar uçun yangi bilimlar, yangi maqsadlar va yangi marralar sari yölning boşlanişidan darak berdi.

Bugun, 2 sentyabr kuni 298-sonli umumtalim maktabida ham yangi öquv yili kötarinki kayfiyatda boşlandi. Maktab hovlisida öquvçilar, ota-onalar va ustozlar jam bölib, Bilimlar kunini bayramona qarşi oldi. Bu yil maktabning birinçi sinfiga 415 nafar öquvçi qabul qilindi. Ular uçun 12 ta sinf taşkil etilgan bölib, şundan 4 tasi özbek, 8 tasi rus tilida talim oladi.

Yangi öquv yilida birinçi sinf öquvçilarini bilim olamiga yetaklaydigan 36 nafar boşlanğiç sinf öqituvçisi iş olib boradi. Maktabda jami 139 nafar öqituvçi faoliyat yuritib, 3463 nafar öquvçiga talim-tarbiya bermoqda.

Boşlanğiç sinflarda esa darslar davlat talim standartlari asosida taşkil etilib, öquvçilarning qiziqişini oşiriş maqsadida turli kreativ yondaşuvlar, musobaqalar va tadbirlarga ham alohida etibor qaratiladi.

Mana, hovlida yana qönğiroq sadosi. Birinçi sinf bolalari ustozlari ortidan sinfxonalar sari yöl olmoqda. Kimdir ilk bor partasiga ötiradi, kimdir yangi döstlar orttiradi, yana kimdir orzusiga eltuvçi birinçi bilimlarini oladi.

Birinçi qönğiroq çalindi. Yangi öquv yili boşlandi. Maktablarda esa yangi orzular, yangi umidlar va yangi ğalabalar tarixi yozila boşladi.

 

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: