Prezident Piskent tumanini ajratilgan kreditlar sarfi yuzasidan tanqid qildi
Bugun, 3 sentyabr kuni Şavkat Mirziyoyev raisligida kambağallikni qisqartiriş va aholi daromadini oşiriş böyiça işlarni yangi bosqiçga olib çiqiş masalalari muhokamasiga bağişlangan videoselektorda mamlakat rahbari tomonidan ajratilgan kredit resurslarining natijadorligi tumanlar kesimida qiyosiy tahlil qilindi. Bu haqda Özbekiston yetakçisining matbuot kotibi Şerzod Asadov malum qildi.
Qayd etilişiça, ötgan davrda Şarof Raşidov va Qarşi tumanlariga bir xil – 2 trillion 300 milliard sömdan kredit resursi berilgan. Şarof Raşidov tumanida uşbu mablağ hisobidan 30 ming aholi kambağallikdan çiqarilgan bölib, bir kişiga örtaça 78 million söm töğri kelgan. Qarşi tumanida esa 13 ming ehtiyojmandning şaroiti yaxşilanib, bir kişiga örtaça 176 million söm sarflangan.
Qamaşi va Piskent tumanlariga 1 trillion 100 milliard sömdan kredit berilgan. Qamaşida 28 ming, Piskentda esa atigi 4,5 ming kambağal aholi bu toifadan çiqarilgan.
Şuningdek, Ğuzor, Nişon, Muborak, Yangiqörğon, Toyloq, Boysun, Oltinsoy, Bandixon, Beşariq, Farğona tumanlari hamda Nurafşon, Bekobod va Yangiyöl şaharlarida ham şunday holat kuzatilayotgani aytilgan.
Malum qilinişiça, Piskentda har bir odamni kambağallikdan çiqarişga 250 million söm kredit töğri kelmoqda. Vaholanki, boşqa hududda şunça pulga sanoatda yuqori daromadli doimiy iş örni yaratilayotgani körsatib ötilgan.
Eslatib ötamiz, avvalroq Prezident Şavkat Mirziyoyev mazkur yiğilişda tuman va mahallada kambağallik hamda işsizlikka masul xodimlarda hadik borligi, heç kim masuliyatni öz zimmasiga olişni istamayotgani uçun tanqid qilgandi.