Özbekistonda ajratilgan kreditlar qayerga ketyapti?
9-06-2026, 09:01
185 марта

Özbekistonda ajratilgan kreditlar qayerga ketyapti?
Özbekistonda mamlakatning içki ehtiyojlari uçun tijoriy banklar tomonidan ajratilgan 629 trillion söm kredit mablağlarining qariyb beşdan biridan köproği sanoat sohasiga yönaltirilgan. Bu haqda Markaziy bank xabar qildi.Malum qilinişiça, tijorat banklari tomonidan 2026 yil 1 may holatiga köra, ajratilgan kreditlar hajmi 629 trillion sömni taşkil etgan. Bu körsatkiç ötgan yilning mos davriga nisbatan 11 foizga oşgan.
Kredit qöyilmalari tarkibida sanoat sohasi yetakçilikni saqlab qolgan. Mazkur yönalişga ajratilgan kreditlar hajmi 137,5 trillion sömni taşkil etib, jami kredit portfelining 22 foizini şakllantirgan. Biroq ötgan yilga nisbatan sanoat kreditlari hajmi 14 foizga qisqargan.
Markaziy bankka köra, bu kredit portfelining iqtisodiyotning boşqa yönalişlari hisobiga diversifikatsiyalanib borayotganini körsatadi.
Aholiga ajratilgan kreditlar qoldiği esa 230,8 trillion sömga yetib, jami kreditlarning tarkibidagi uluşi 37 foizni taşkil etgan. Tahlillarga köra, bir yil davomida uşbu segment 21 foizga ösib, kredit bozoridagi eng yirik yönalişlardan biri sifatida şakllanmoqda.
Regulyatorning bildirişiça, real sektor tarmoqlarida ham sezilarli ösiş kuzatilgan. Xususan, quriliş sohasiga ajratilgan kreditlar 44 foizga, savdo va umumiy xizmatlar sohasidagi kreditlar 20 foizga, qişloq xöjaligi kreditlari esa 16 foizga oşgan.
Kredit portfelidagi eng yuqori ösiş suratlari “boşqa sohalar” toifasida kuzatilib, mazkur yönalişdagi kreditlar hajmi bir yilda 31 foizga köpaygan. Transport va kommunikatsiya sohasidagi kreditlar esa deyarli barqaror saqlanib qolgan.
Markaziy bankning qayd etişiça, kredit portfelida sanoat sohasi yetakçi örinni saqlab qolayotgan bölsa-da, sönggi yillarda kredit resurslarining aholi, xizmatlar, quriliş va qişloq xöjaligi kabi yönalişlarga kengroq taqsimlanişi kuzatilmoqda.