Özbekistonda mikroqarz va avtokredit foiz stavkalari pasaydi
11-02-2026, 14:57
80 марта

Özbekistonda mikroqarz va avtokredit foiz stavkalari pasaydi
Markaziy bank Özbekistonda mikroqarz va avtokreditlar böyiça örtaça foiz stavkalarini elon qildi. Hisob-kitoblar oxirgi 10 kunlik malumotlarga asoslangan.Mikroqarz stavkalari
9 fevral holatiga köra, banklar ajratgan mikroqarzlarning örtaça foiz stavkasi 30,8 foizni taşkil etdi. Bu körsatkiç 12 yanvarda 32 foiz, olti oy avval — 2025 yil 4 avgustda esa 35,7 foiz bölgan. Yani yarim yil içida kiçik miqdordagi kreditlar böyiça stavkalar 5 foizga pasaygan.
Banklar kesimida stavkalar turliça. Masalan, 9 fevralgaça eng yuqori foizli mikroqarzni Tenge Bank taklif qilgan — 42,6 foiz. Yana töqqizta bankda stavkalar 32,8–41,1 foiz oraliğida qayd etilgan. Qolgan banklarda esa örtaçadan past darajada bölgan.

2026 yil 9 fevral holatiga köra, avtokreditlar örtaça 23 foiz stavkada ajratilgan. Bir oy avval bu körsatkiç 23,2 foiz, yarim yil oldin esa 23,8 foiz edi. Demak, avtokreditlar böyiça ham foizlar asta-sekin pasaymoqda.
Sönggi 10 kunlikda eng yuqori avtokredit stavkasi 28,2 foizni taşkil etgan. 21 bankdan 14 tasida stavkalar örtaçadan yuqori qayd etilgan. Qolgan banklar esa kreditlarni 18–22,9 foiz oraliğida ajratgan.
.jpg)
Markaziy bank malumotiga köra, oxirgi 10 kunda aholiga ajratilgan (mikroqarzdan taşqari) kreditlarning örtaça foiz stavkasi 22,7 foizni taşkil etgan. Bu yarim yil avval 23,8 foiz edi.
9 fevral holatiga köra, korxonalar uçun kreditlar örtaça 23,4 foiz stavkada berilgan. Olti oy oldin mazkur körsatkiç 22,3 foiz bölgan.