Noyabrda oziq-ovqat mahsulotlari narxlari örtaça 1 foizga qimmatlagan
1-12-2025, 17:21
147 марта

Noyabrda oziq-ovqat mahsulotlari narxlari örtaça 1 foizga qimmatlagan
2025 yilning noyabr oyida istemol sektoridagi tovarlar va xizmatlar narxlari örtaça 0,7 foizga oşgan.Milliy statistika qömitasi malumotlariga köra, yillik istemol narxlari indeksi (INI) 107,5 foizni taşkil etib, ötgan yilning şu oyiga (2024 yil noyabr — 110 foiz) nisbatan 2,5 foiz bandga pasaydi.
Noyabr oyida oziq-ovqat mahsulotlari narxlari örtaça 1,0 foizga, nooziq-ovqat tovarlari 0,5 foizga hamda aholiga körsatiladigan pullik xizmatlar esa 0,3 foizga qimmatlaşgani kuzatilgan.
Asosiy oziq-ovqat mahsulotlaridan bodring (96,0 foiz), pomidor (82,2 foiz), bulğor qalampiri (61,2 foiz), baqlajon (51,7 foiz), uzum (12,1 foiz), anor (7,9 foiz), qovoq (5,4 foiz), olma (4,7 foiz), mandarin (4,5 foiz), şaftoli (3,7 foiz), tarvuz (3,4 foiz), qovun (3,4 foiz), tovuq tuxumi (2,4 foiz), quy göşti (0,8 foiz), kartoşka (0,7 foiz), birinçi navli buğdoy uni (0,5 foiz) hamda mol göşti (suyaksiz göştidan taşqari) (0,3 foiz) narxlarining oşişi inflyatsiyaga asosiy tasir körsatdi.
Asosiy oziq-ovqat mahsulotlaridan inflyatsiyani pasaytiruvçi omil sifatida sabzi (-26,1 foiz), şolğom (-7,1 foiz), barça navdagi guruç, guruç oqişoği (-4,5 foiz), loviya (4,2 foiz), şakar (-2,9 foiz), piyoz (-2,5 foiz), banan (-1,3 foiz) hamda parranda göşti (-1,2 foiz) narxlarining pasayişi muhim hissa qöşdi.
Şuningdek, nooziq-ovqat mahsulotlar narxlaridan propan (7,4 foiz), benzin (1,7 foiz), tsement (1,4 foiz) hamda kiyim va poyafzal (0,7 foiz) narxlarida ösiş kuzatildi.
Hisob-kitoblar uçun 10 mingdan ortiq savdo va xizmat körsatiş nuqtalarida 195 mingga yaqin narxlar qayd etilgan. 420 turdagi oziq-ovqat va nooziq-ovqat mahsulotlari va 90 turdagi xizmatlar narxlari kuzatildi.