Oktyabr oyida pomidor va bodiring narxlari örtaça 60 foizga oşgan
1-11-2025, 12:58
168 марта

Oktyabr oyida pomidor va bodiring narxlari örtaça 60 foizga oşgan
2025 yilning oktyabr oyida istemol sektoridagi tovarlar va xizmatlar narxlari örtaça 0,6 foizga oşgan.Milliy statistika qömitasi malumotlariga köra, yillik istemol narxlari indeksi (INI) 107,8 foizni taşkil etib, ötgan yilning şu oyiga (2024 yil oktyabr — 110,2 foiz) nisbatan 2,5 foiz bandga pasaydi.
Oktyabr oyida oziq-ovqat mahsulotlari narxlari örtaça 0,9 foizga, nooziq-ovqat tovarlari 0,4 foizga hamda aholiga körsatiladigan pullik xizmatlar esa 0,3 foizga qimmatlaşgani kuzatilgan.
Asosiy oziq-ovqat mahsulotlaridan – pomidor (61 foiz), bodring (58,2 foiz), baqlajon (11,3 foiz), bulğor qalampiri (10,6 foiz), tarvuz (7,0 foiz), qovun (4,6 foiz), mandarin (4,2 foiz), tovuq tuxumi (4,1 foiz), uzum (3,6 foiz), banan (2,3 foiz), mol göşti (suyaksiz göştdan taşqari) (1,7 foiz), quy göşti (1,6 foiz), paxta moyi (1 foiz), kungaboqar moyi (0,7 foiz) hamda birinçi navli buğdoy uni (0,4 foiz) narxlarining oşişi inflyatsiyaga asosiy tasir körsatdi.Şuningdek, nooziq-ovqat mahsulotlar narxlaridan qimmatbaho metallardan yasalgan nikoh uzuklari (5,2 foiz), propan (3,3 foiz), benzin (1,5 foiz) va tsement (1,2 foiz) narxlarida ösiş kuzatildi.
Hisob-kitoblar uçun 10 mingdan ortiq savdo va xizmat körsatiş nuqtalarida 195 mingga yaqin narxlar qayd etilgan. 420 turdagi oziq-ovqat va nooziq-ovqat mahsulotlari va 90 turdagi xizmatlar narxlari kuzatildi.