Özbekistonda bir yilda qaysi mahsulotlar eng köp qimmatladi?
21-10-2025, 14:05
114 марта

Özbekistonda bir yilda qaysi mahsulotlar eng köp qimmatladi?
Markaziy bank 2025 yilning sentyabr oyi holatiga inflyatsiya körsatkiçlarini elon qildi.Umumiy yillik inflyatsiya 2022 yilda 12,3 foiz bölgan, 2023 yilda pasayib, 8,8 foiz, 2024 yilda biroz oşib, 9,8 foiz, 2025 yil sentyabr holatida 8 foizga tuşgan.
Oziq-ovqat mahsulotlari
Infografikaga köra, bazi oziq-ovqatlar narxi sezilarli darajada pasaygan, boşqalari esa keskin oşgan:
Yillik hisobda qovoq (-59,2 foiz), pomidor (-31,5 foiz), bodring (-30,7 foiz), baqlajon (-21 foiz), şaftoli (-20,5 foiz) va anor (-20,4 foiz) narxlari sezilarli darajada pasaydi.
Hisobot davrida quyidagi mahsulotlar narxlari ham sezilarli qimmatlagan:
Sabzi (+57,5 foiz);
Limon (+52,5 foiz);
Paxta moyi (+35,9 foiz);
Şolğom (30,8 foiz);
Karam (27,4 foiz);
Qöy göşti (26,8 foiz).
Nooziq-ovqat tovarlar
Nooziq-ovqat mahsulotlaridan propan (-19,7 foiz), qoğoz A4 (-3,7 foiz) va şpritslar (-0,4 foiz) foizga arzonlagan.
Oltin narxlari global bozorda rekord darajada qimmatlaşi zargarlik buyumlarida ham aks etgan – nikoh uzugi 33,4 foizga qimmatlagan.
Nooziq-ovqat mahsulotlari tarkibida metan (+30,6 foiz), gazeta (+15,3 foiz), benzin (+11,8 foiz), tabiiy gullar (10,9 foiz) narxlarida keskin qimmatlaşiş kuzatilgan.
Xizmatlar
Yillik hisobda pul ötkazmalari uçun haq tölaş narxlari 2,5 foizga, nodavlat OTMda öqiş 0,2 foizga arzonladi.
Narxi eng köp qimmatlagan xizmat haydovçilik kurslari böldi – hisobot davrida bu xizmat narxi 73,3 foizga oşgan. Şuningdek, içki yölovçi havo transporti xizmatlari 57,3 foizga, tarmoq gaz 39,2 foizga, sovuq suv 35,1 foizga, muzey xizmatlari 32,3 foizga, huquqiy tusdagi xizmatlar 29,1 foizga qimmatlagan.
Sentyabr oyi yakunlariga köra, yillik narx ösişi 10 foizdan past bölgan mahsulotlar oziq-ovqat mahsulotlarida 86 foiz, nooziq-ovqat mahsulotlarida 96 foiz va xizmatlarda 56 foizni taşkil qilgan.